Özbekiston

LGBT chi Miraziz Bazarov uyidan davlat raqami yo‘q mashinada o‘g‘irlab ketildi (–mi?)

photo
Foto: Google

Loading

Bir necha kun avval internet tarmogʻida LGBT vakillarini yoʻqlab chiqqani bilan tanilgan Miraziz Bazarov o‘g‘irlab ketilgani haqida ma’lumot tarqaldi. Bu haqda uning onasi xabar berdi.

Tarmoqda tarqalgan maʼlumotlarga koʻra, hozirda ozodlikni cheklash tarzidagi jazoni oʻtayotgan ushbu shaxs nomaʼlum kishilar tomonidan davlat raqami boʻlmagan kulrang “Matiz” rusumli avtomashinaga majburan oʻtqazilib, olib ketilgan.

Mazkur voqea joriy yilning 19-may kuni taxminan soat 17:00 da M. Bazarovning Toshkent shahri, Yashnobod tumanidagi ro‘yxatdan o‘tgan yashash joyi yaqinida sodir bo‘lgan. Shuningdek, uning onasi so‘zlariga ko‘ra, oʻgʻli mashinadan sakrab tusha olgan va yordam so‘rab baqirgan, biroq nomaʼlum shaxslar unga yetib olgan va uni kuch bilan qaytarib kirgizgan.Ushbu xabar tarqalganidan biroz muddat oʻtib, fuqaro M. Bazarov poytaxt ichki ishlar bosh boshqarmasida ekanligiga aniqlik kiritishdi.

Xususan, 20-may kuni Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov vaziyatga izoh berdi va “o‘g‘irlab ketilgan” fuqaro uyda o‘tirganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, M. Bazarov 2021-yilning 28-mart kuni Toshkent maydonida LGBT ni yoʻqlab chiqqani uchun bir necha fuqarolar tomonidan kaltaklangan edi. Aprel oyida u uy qamog’iga olingan, muddati sentyabrgacha uzaytirilgan edi.

2022-yil 21-yanvar kuni esa M. Bazarovning maktab o‘qituvchilari haqidagi yangi videosi ortidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi “d” bandi (tuhmat) bilan ish qo‘zg‘atilgan. Sud qarori bilan u 3 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Sud shuningdek, soat 20:00 dan ertalabgacha ushbu fuqaroning uydan chiqib ketishini, internetdan foydalanishni va psixolog sifatida ishlashni taqiqlagan.

Katta ehtimol bilan uning hibsga olish sababi – uy qamog‘i shartlarining buzilishi bo‘lgan.

Tarqalgan yana bir maʼlumotga koʻra, M. Bazarov qaysidir tadbirda 18-may kuni soat 18:00 da maʼruza qilishi kerak boʻlgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.