Buxoro yangiliklari

Yo‘l harakati qoidalariga amal qilish barcha uchun majburiy

photo 141

Loading

Bugun, 23-mart kuni «Потребитель Бухара плюс» Telegram-kanalida №9 avtobus haydovchisi ustidan shikoyat joylashtirildi.

photo 139

Buxoro viloyat transport boshqarmasi tomonidan 9-sonli «Karvon bozor-Konchilar shaharchasi» avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi, ISUZU rusumli, davlat raqam belgisi 80/538NAA bo‘lgan avtobus haydovchisining harakat davomida telefondan foydalanganligi to‘g‘risidagi murojaat o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida avtobus «Sham Sher trans» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli ekanligi aniqlanib, ushbu avtotransport vositasini yo‘l varaqasi asosida haydovchi haydovchi S. X. boshqarganligi aniqlandi. Ushbu haydovchi bilan profilaktik-targ‘ibot ishlari olib borildi, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etish, yo‘lovchilar bilan xushmuomalada bo‘lish, belgilangan karantin tartib qoidalariga amal qilgan holda yo‘lovchi tashish masalalarida tushuntirishlar berildi. Harakat davomida telefondan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining tegishli moddalariga asosan ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishi, ushbu qoidabuzarlik viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilishiga asos bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.