Buxoro yangiliklari

“Buxoro” klubini Pro ligaga tushirgan hakam qarori bekor qilinadimi?

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Biroz avval o‘z nihoyasiga yetgan Coca-Cola Superliga 19-turi doirasidagi “Buxoro” – “Olimpik” bahsining 100-daqiqasida “Buxoro” jarima maydonchasi ichida mehmonlar a’zosi yiqilgach, uchrashuv bosh hakami Komiljon Rasulov 11 metrli jarima zarbasi belgiladi. Shundan so‘ng, uchrashuv VAR hakamlari uni monitor yoniga chaqirdi va takrorlarni ko‘rib chiqishga chorladi. Bosh hakam esa takrorlardan so‘ng ham qarorini o‘zgartirmagach, penalti baribir belgilandi.

Natijada, o‘yin taqdirini hal qilgan ushbu bahsli vaziyat bo‘yicha Ekspert-hakamlar komissiyasining favqulodda yig‘ilishi tashkil qilindi va mutaxassislarning umumiy xulosasi olindi. Quyida ushbu xulosa va qarorni e’tiboringizga havola etamiz.

Mazkur vaziyatda birinchi bo‘lib “Buxoro” himoyachisi to‘pga o‘ynagan. Ma’lumki, bu kabi holatlarda garchi raqib futbolchisiga nisbatan biroz qo‘pollik sodir etilsa ham, himoyalanayotgan jamoa a’zosi to‘pga o‘ynagan bo‘lsa, penalti belgilanmaydi. Shu qoidalarga asoslangan holda, ekspertlar bir ovozdan penaltining noto‘g‘ri belgilanganini qayd etishdi.

photo 02

Mazkur vaziyat ishi O‘FA hakamlar qo‘mitasiga oshirildi va tez orada qo‘mita xulosasi ham taqdim etiladi. Shuningdek, bu holat O‘FA futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspeksiyasida ham ko‘rib chiqiladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.