Buxoro yangiliklari
Buxoro viloyati Qon quyish markazi xodimlari bemorga sifilis kasalligi bor donor qonini quyishga ruxsat berishgan
Buxoroisharif.uz manbasiga ko‘ra, Buxoro viloyati Qon quyish markazi xodimlari tomonidan bir nechta holatda donor qonlarining laboratoriya tekshiruv natijalari o‘rganilmay turib, bemorlarga quyilgan.
Gap shunkda-ki, bir necha kun oldin kelib tushgan shikoyat yuzasidan maxsus xizmatlar tomonidan Buxoro viloyat Qon quyish markazida yuqumli kasalliklarning tarqalishiga shart-sharoit yaratib berayotgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha tezkor tadbir olib borilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirining 423-sonli buyrug‘i (16.12.2013-yil) bilan tasdiqlangan “Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomda donorlarning qoni laborator tekshiruvdan keyin o‘tkazilishi belgilangan. Unga ko‘ra, donorning qonida OIV/OITS, “V” va “C” gepatitlari yoki boshqa gemotransmissiv insfeksiyalar elementlari aniqlanganda, qon yo‘q qilinishi va donorlikdan chetlashtirilishi lozim.
Biroq soha mutaxassislaridan tashkil topgan ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Buxoro viloyati Qon quyish markazida “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida” gi Qonun talablari qo‘pol ravishda buzilgani aniqlangan.
Xususan, bir holatda donor N. J. ning qoni o‘tkazilgan laborator tahlil natijalari kutilmasdan bemor B. H. ga quyilgan. Tezkor tadbir davomida esa qon quyish markazida o‘tkazilgan birlamchi laborator tekshiruvda donor N. J. da zahm (sifilis) kasalligi borligi aniqlangan va bu sudga oid biologiya ekspertizasining xulosasi bilan ham tasdiqlangan bo‘lgan.
“Bundan tashqari, tekshirish davomida plazmoferez va trombomassa uchun qon topshirgan 306 nafar donorlar o‘rganilganda, 186 nafariga qonning shaklli elementlari (trombasit, leykotsit, bazofil) o‘zlariga qaytib quyilish lozim bo‘lsa-da, bu qonlar quyilmagan va xususiy klinikalarga sotib yuborilgani aniqlangan”, — deyiladi markazda o‘tkazilgan tadbir hujjatlarida.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan viloyat Qon quyish markazi xodimlari va boshqa shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 113-moddasi, 1-qismi (Tanosil yoki OIV kasalligi/OITS ni tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi