Buxoro yangiliklari

Buxoroda bojxona orqali jangovor o‘qlarni olib o‘tishga urinish bo‘ldi

picture
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Bir necha kun oldin Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Olot” chegara bojxona posti orqali jangovar patronlarni olib o‘tishga bo‘lgan urinish bartaraf etildi. Bu haqda Buxoroisharif.uz internet nashriga boshqarma matbuot xizmati rahbari D. Qayumova ma’lum qildi.

Xususan, DXX chegara qo‘shinlari va bojxona posti xodimlari o‘zaro hamkorlikda olib borilgan tekshiruv jarayonida tranzit yo‘nalishda harakatlangan yuk avtomashinasi viloyatimiz chegara bojxona postiga kirib kelgan vaqtida tegishli tartibda to‘xtatilgan.

Yuk avtomashinasiga bir nechta yengil avtomashinalar ortilganligi bois, ularning har biri xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Natijada “Chevrolet Impala” rusumli avtomashina orqa o‘rindig‘i ostida kalibri 9 mm ga teng bo‘lgan 2 dona jangovar o‘qlar borligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tegishli tartibda ish olib borilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.