Buxoro yangiliklari

Qorako‘lda zog‘ora baliq ovlaganlar javobgarlikka tortilmoqda

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Mamlakatimizda joriy yilning 16-apreldan 31-mayga qadar baliqlarning ko‘payish vaqti boshlanganligi sababli, baliq ovlash taqiqlangan. Ammo shunga qaramasdan baliq ov qilish bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar uchramoqda. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi Buxoroisharif.uz ga ma’lum qilmoqda.

Xususan, kuni kecha Ekologiya boshqarmasi Qorako‘l tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan tumandagi tabiiy suv havzalari hududlarida reyd tadbirlari o‘tkazildi.

photo 2

Shunda “Zamon bobo” tabiiy suv havzasidagi “Askar ota” MChJ ga qarashli fermer xo‘jaligi hududida 3 nafar fuqaro tomonidan 52 dona zog‘ora balig‘ini ovlaganligi aniqlandi. Oydinlik kiritilishacha, fuqarolar Buxoro tumanida ro‘yxatda turadi.

photo 3

Ayni damda mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko’rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga taqdim etilgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.