Buxoro yangiliklari

Buxoroda stol tennisi bo‘yicha U-19 “O‘zbekiston kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Stol tennisi bo‘yicha yoshlar, erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan “O‘ZBEKISTON CHEMPIONATI” musobaqalarining yuqori darajada tashkil etilayotgani ushbu sport turiga qiziquvchilar sonini oshirishga va iqtidorli sportchilarni kashf etishga xizmat qilayapti.

Xususan, kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi, Soliq qo‘mitasi hamda O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi hamkorligida stol tennisi bo‘yicha Buxoroda o‘tkazilgan U-19 “O‘ZBEKISTON KUBOGI” ham ushbu fikrimizni isbotladi.

Mazkur musobaqasida mamlakatimizning barcha viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan kelgan 200 nafardan ortiq yosh sportchilar o‘zaro kuch sinashdilar.

5 kun davom etgan musobaqada tennischilarning puxta tayyorgarlik ko‘rib kelganliklari har bir bahslarda yaqqol ko‘rinib turdi.

Aytib o‘tish kerak, bellashuvlarda Toshkent viloyati, Toshkent shahri, Farg‘ona, Andijon, Namangan va Buxoro hamda Samarqand viloyatlari vakillarining tezkor harakatlari hakamlar tomonidan yuqori baholandi.

E’tiborlisi, ushbu musobaqada o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rayotgan umidli yoshlar bilan birga Respublika va xalqaro bellashuvlarda salmoqli natijalarni qayd etgan sportchilar ham g‘oliblik uchun kurash olib bordilar. Bu o‘z-o‘zidan ishtirokchilarning yaxshigina tajriba almashishlari uchun zo‘r imkoniyat tug‘dirdi.

Medallar jamg‘arishda o‘g‘il bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin: Toshkent viloyati
2-o‘rin: Toshkent shahri
3-o‘rin: Namangan hamda Farg‘ona viloyati

Qiz bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin: Toshkent viloyati;
2-o‘rin: Andijon viloyati;
3-o‘rin: Toshkent shahri hamda Samarqand viloyati.

G‘olib va sovrindorlarga viloyat hokimligi, soliq boshqarmasi, sprort boshqarmasi stol tennisi federatsiyasining diplom va medallari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.