Buxoro yangiliklari

Buxoroda bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovi 86,4% ni tashkil qildi

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Yakunlangan 2024-yil viloyatimiz maktabgacha ta’lim tizimi uchun ham nihoyatda samarali kechdi.

Ayni paytda viloyatimizda 2 143 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lib, ularning 492 tasi davlat, 1517 tasi oilaviy, 113 tasi davlat xususiy sheriklik asosidagi, 21 tasi xususiy ta’lim tashkiloti hisoblanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi viloyat boshqarmasi xabar qilmoqda.

2024-yilda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 17 taga, oilaviy MTTlar 265 taga, DXSH asosidagi ta’lim tashkilotlari 16 taga, xususiy MTT lar soni esa 3 taga oshdi.

Ushbu MTT larga viloyatimizda mavjud jami 156 695 nafar 3-7 yoshli bolalarning 13 5016 nafari, ya’ni 86,4 foizi qamrab olindi. Qamrovning 60,2 foizi davlat, 39,8 foizi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Aytish joizki, 2024-yilda 3-7 yoshli bolalar uchun qo‘shimcha 7 683 nafar bola o‘rni yaratildi.

Jumladan, o‘tgan yilgi investisiya dasturi dorirasida 1 ta yangi MTT barpo etildi, 8 ta MTT da rekonstruksiya, 1 tasida mukammal ta’mirlash ishlari olib borildi. Jami 44.7 miliard so‘m mablag‘ evaziga amalga oshirilgan mazkur loyihalar natijasida 1170 nafar tarbiyalanuvchi o‘rni yaratildi.

Shuningdek, yangi tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 4 966 nafar qo‘shimcha bola o‘rni yaratildi.

Bundan tashqari chekka hududlardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari negizida umumta’lim maktablarining bo‘sh binosida qo‘shimcha 6 ta to‘liq kunlik guruhlar tashkil qilinib, 175 nafar, 3 ta maktabning bo‘sh turgan binosini qayta jihozlash va ta’mirlash evaziga 270 nafar bola qamrab olindi. 189 ta maktabda 350 ta majburiy bir yillik maktabga tayyorlov guruhlari tashkil etildi.

Natijada joriy yilda qamrov darajasi 83,3 foizdan 86.4 foizga (+3,1%) o‘sishga erishildi. 6 yoshli bolalarning ta’limga qamrovi esa 93,4 foizdan 98,9 foizga (5,5%) ko‘tarildi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash, mavjud pedagoglar salohiyatini oshirish borasida ham salmoqli ishlar olib borildi.

Bugungi kunda viloyatdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 11 383 nafar pedagoglar faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularning 4 955 nafari, ya’ni 43.5 foizi oliy, 6 428 nafari, ya’ni 56,5 nafari o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglardan iborat.

2024-yilda 126 nafar oliy ma’lumotli mutaxassis pedagoglar ishga qabul qilindi va 30 nafar o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar sirtqi ta’lim shaklida oliy ta’lim muassasalarini tamomladi. Buning natijasida oliy ma’lumotli pedagoglar salmog‘i 41,5 foizdan 43,5 foizga oshdi.

Maktabgacha ta’lim tizimida ilg‘or xorijiy tajribalarni olib kirish va ta’lim-tarbiya sifatini yanada oshirish maqsadida 2024-yil davomida bir qator xalqaro hamkorlik loyihalari amalga oshirildi. A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat universiteti, “KOICA” loyihasi, YUNICEF bolalar tashkiloti hamkorligida 10 dan ortiq treninglar va o‘quv kurslari tashkil etildi.

Bundan tashqari, o‘tgan 2024-yilda viloyatimizdagi 18 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida xalqaro MELQO baholash tizimi tajriba-sinovdan o‘tkazilmoqda. MELQO xalqaro vositasi butun dunyoda erta yoshdagi bolalarni parvarish qilish va ta’lim sifatini o‘lchash uchun ishlatiladi. Ushbu tadqiqot bolalarning qanchalik yaxshi rivojlanganligi va bolalarning ta’lim muhitining sifati haqida ma’lumot beradi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.