Sport

Buxorolik sportchilar g‘oliblar safida

photo 01
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

“Universiada” sport musobaqalari g‘oliblariga “Prezident sovg‘asi” tantanali topshirildi: buxoroliklar yana sovrindorlar safida bo‘lishdi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sport majmuasida “Universiada” sport musobaqalarining final bosqichi g‘olib va sovrindori bo‘lgan talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Zulayho Mahkamova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Sport vaziri Adham Ikromov, Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jayev hamda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov, hamkor vazirlik, idora va tashkilotlar vakillari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, talabalar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Musobaqalar 17 ta sport turi bo‘yicha o‘tkazildi. Hududiy bosqichlarda 43 470 nafar, final bosqichlarda esa 3 052 nafar talaba, shundan 1 027 nafari qizlar ishtirok etdi.

Yakunda umumjamoa hisobida:
1-o‘rin – Toshkent viloyati jamoasiga,
2-o‘rin – Buxoro viloyati jamoasiga,
3-o‘rin – Toshkent shahri jamoasiga nasib etdi.

G‘olib jamoalar tantanali marosimda “Prezident sovg‘asi” bilan taqdirlandi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.