Buxoro yangiliklari

Tanishing: Aleksandr Xomyakov — “Buxoro” jamoasining bosh murabbiyi

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Aleksandr Andreyevich Xomyakov 1969-yilning 5-martida tug‘ilgan. U sovet va rossiyalik sobiq professional futbolchi, darvozabon sifatida oʻynagan. Oʻzbekiston Superligasi ishtirokchisi “Andijon” klubida bosh murabbiy boʻlib ishlagan.

Futbolchilik faoliyati
Kaspiysk shahridagi oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi. Professional faoliyatini 1987-yilda Maxachqalʼaning “Dinamo” jamoasida boshlagan. 1991-yilda “Sokol-Saratov” klubiga oʻtdi. 1992-yildan 1995-yilgacha Volganing “Torpedo” jamoasida oʻynagan. Keyinchalik “Nalchik-Spartak”, “Diana Voljsk” va “Salyut-Saratov” klublarida toʻp surgan. 2001-yilda Qozogʻistonga koʻchib, “Yesil-Kokshetau” klubida oʻynagan, 6 oʻyinda 15 ta gol oʻtkazib yuborgan va shundan so‘ng klubni tark etgan. 2003-yilda Yoshkar-Olaning “Spartak” jamoasida oʻynagan. Faoliyatini Volga “Torpedo” jamoasida yakunlagan.

Murabbiylik faoliyati
Aleksandr Xomyakov murabbiylik faoliyatini Oʻzbekistonda, Muborakning “Mash’al Akademiya” jamoasida yoshlar futbolchililarga murabbiylik qilishdan boshlagan va 2011-yilgi mavsumda akademiyaning asosiy jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. 2013-yilgi mavsum boshida akademiyadagi muvaffaqiyatlaridan soʻng Muborakning asosiy jamoasi “Mashʼal” klubining bosh murabbiy sifatida tayinlangan.

2014-yil OFK ning murabbiylik PRO litsenziyasini olgan. 2019-yilgacha Muborakliklar bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. 2019-yilgi mavsumning ikkinchi qismida “Andijon” klubi bilan shartnoma imzolagan va bosh murabbiy etib tayinlangan 2020-yil mavsum boshida “Andijon” klubida isteʼfoga chiqarilgan. Ikki yillik tanaffusdan soʻng yana Muborakning “Mashʼal” klubiga bosh murabbiy sifatida qaytgan. 2022-yilgi mavsum boshida oʻz xohishiga koʻra bosh murabbiylikdan ketgan.

2022-yilgi mavsumda Andijon jamoasida murabbiylik qilgan Viktor Kumikovga yordamchi sifatida ishlagan. 2023-yilgi mavsum boshida Kumikov Qozogʻiston jamoalaridan tushgan taklif sababli “Andijon” klubini tark etgan va Xomyakov bosh murabbiy sifatida tayinlangan. Xomyakov qoʻl ostida Andijon jamoasi 2024-yil 5-oktabrda 2024-yilgi Oʻzbekiston kubogi finalida Navbahor jamoasini 3-2 hisobida magʻlub etgan va oʻz tarixidagi dastlabki sovrinini qoʻlga kiritgan.

“Andijon” klubining 2025-yilgi Oʻzbekiston Superligasida ketma-ket 5 marta magʻlubiyatga uchraganidan soʻng, bosh murabbiylikdan ketgan.

A. Xomyakov bir necha kun oldin “Buxoro” jamoasi bilan shartnoma imzoladi va bosh murabbiy sifatida faoliyatini boshladi. Bu haqda viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Baxtiyor Adilov xabar qildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2025. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.