Buxoro yangiliklari

Buxoro shahrida “Kasbiy ta’lim bog‘i” barpo etildi

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Bugun Buxoro shahar politexnikumining 40 sotixli hududida “Yashil makon” umum­milliy loyihasi doirasida navbatdagi xayriya va obodonlashtirish tadbiri amalga oshirilmoqda. Tadbir davomida 150 dan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlari — jumladan, chinni gujum va yapon saporasi kabi noyob turlar ekilib, “Kasbiy ta’lim bog‘i” tashkil etildi.

Mazkur loyiha Buxoro viloyatida faoliyat yuritayotgan nodavlat texnikumlar hamkorligida amalga oshirilayotgani bilan ahamiyatlidir. Ko‘chat ekish jarayonida Buxoro viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi jamoasi, Buxoro shahar politexnikumi jamoasi hamda nodavlat texnikum vakillari faol ishtirok etdilar.

Ayni daqiqalarda hududda obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. “Kasbiy ta’lim bog‘i” nafaqat ekologik muhitni yaxshilashga, balki yoshlarda tabiatga e’tibor, mas’uliyat va milliy manfaatlar yo‘lida birdamlik ruhini mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.