Buxoro yangiliklari

Yil sarhisobi: buxorolik eng faol jurnalistlar aniqlandi

photo
Foto: O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi

Loading

Kecha, 30-dekabr kuni Buxoro shahridagi “Sahid Zarafshon” mehmonxonasi konferens zalida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi tashabbusi bilan ilk bor “Bukhara Media Awards 2025” nomli tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir viloyatda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari vakillarining kasbiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, jurnalistika sohasidagi mas’uliyatli mehnatni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etildi. Tantanali tadbirda ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda korxona va tashkilotlarning axborot xizmatlari rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida “Yilning eng faol jurnalisti” ko‘rik-tanlovi yakunlari e’lon qilinib, turli yo‘nalishlar bo‘yicha eng munosib deb topilgan jurnalistlar taqdirlandi. Jumladan, publitsistika, bosma va elektron nashrlar, televideniye, radio, fotojurnalistika hamda internet jurnalistikasi yo‘nalishlarida faoliyat olib borgan bir qator jurnalistlar g‘olib sifatida e’tirof etildi. Unga ko‘ra:


🔹 Yilning eng yaxshi publitsistik asar muallifi: “Qorovulbozor tongi” gazetasi muharriri Bahrom Soliyev;

🔹 Yilning eng yaxshi bosma nashr jurnalisti: “Ovozi tojik” gazetasining Buxoro viloyati bo‘yicha muxbiri Amrillo Avezov;

🔹 Yilning eng yaxshi fotojurnalisti: O‘zbekiston Milliy axborot agentligining Buxoro viloyati bo‘yicha maxsus fotomuxbiri Tohirjon Istatov;

🔹 Yilning eng yaxshi telejurnalisti: “Sevimli” telekanali muxbiri Madrahim Turdiyev;

🔹 Yilning eng yaxshi internet (ijtimoiy media) jurnalisti: “Buxoro teleradiokanali” DM muharriri Farida Ochilova;

🔹 Yilning eng yaxshi radiojurnalisti: “Buxoro” radiokanali muharriri Gulmira Najmiddinova;

🔹 Yilning eng yaxshi yosh jurnalisti: “Milliy” telekanalining Buxoro viloyati bo‘yicha muxbiri Muhiba Alayeva.

G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu e’tirof jurnalistlarning xolislik, tezkorlik va jamoatchilik oldidagi mas’uliyatini yanada oshirishga qaratilgan muhim rag‘bat sifatida baholandi.

Shuningdek, tadbir davomida viloyatda faoliyat yuritayotgan tashkilot va korxonalar tomonidan yil davomida muayyan sohalardagi yangiliklarni tizimli va xolis yoritib kelgan ommaviy axborot vositalari vakillari alohida e’tirof etildi.

Bayramona ruhda o‘tgan tadbir san’atkorlar chiqishlari bilan boyitilib, ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun birdamlik, hamjihatlik, yangi ijodiy muloqot va o‘zaro hamkorlik maydoniga aylandi.

“Bukhara Media Awards – 2025” jurnalistika sohasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish, kasbiy mahoratni oshirish va axborot makonida ochiqlik tamoyillarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.