Salomatlik

Buxoroda Yangi yil bayrami kunlari tibbiyot muassasalari uzluksiz ishlaydi (-mi?)

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Yangi yil bayrami munosabati bilan 2025-yilning 31-dekabridan 2026-yilning 4-yanvarigacha Buxoro viloyatida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uzluksiz tashkil etiladi. Viloyatdagi tuman (shahar) shifoxonalari, viloyat miqyosidagi tibbiyot muassasalari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari hamda tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalarida xodimlar qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida faoliyat yuritadi. 

Shuningdek, hududlardagi 3 ta tumanlararo qo‘shma shikastlanish va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlari ham tayyor holatga keltirilgan.

Qo‘shimcha o‘rinlar va dori-darmonlar zaxirasi yaratilgan bo‘lib, zarur holatlarda bemorlarga tezkor yordam ko‘rsatish uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilgan.

Bayram kunlari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining viloyatdagi hududiy tuzilmalarida ham 24 soat davomida navbatchi shifokorlar va hamshiralar xizmat olib boradi. Muassasalar zarur dori-darmonlar bilan ta’minlangan, zaxira o‘rinlari shakllantirilgan.

Aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishda “103” xizmati alohida ahamiyatga ega. Bayram kunlarida ham mazkur xizmat odatiy tartibda ishlaydi. Xususan, viloyat hududidagi hududiy filial, 13 ta stansiya, 3 ta podstansiya va 93 tayanch punktida 159 dan ziyod tibbiy yordam brigadasi chaqiruvlar uchun doimiy shay holda bo‘ladi.

Qo‘shimcha ravishda, bayram kunlari 31 ta shifoxona, 14 ta tug‘uruqxona va 1 ta bolalar davolash muassasasi uzluksiz ish faoliyatini davom ettiradi.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 1064 qisqa raqamli “Ishonch telefoni” orqali tibbiyotga oid savollar bo‘yicha malakali mutaxassislardan tunu kun maslahat olish mumkin.

Barcha tibbiyot muassasalari bayram kunlarida ham aholi salomatligini asrashga to‘liq shay holda xizmat qiladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.