Mashhurlar

2025-yilda yuqori reytingga ega bo‘lgan 5 ta dorama

photo
Foto: Rollingstonephilippines.com

Loading

2025-yilda suratga olingan koreys doramalari televideniye va striming platformalarida qisqa muddatda yuqori reytinglarni qayd etdi. Ushbu loyihalar tomoshabin e’tiborini puxta ishlab chiqilgan ssenariy, izchil rejissyura va kuchli aktyorlik ijrosi orqali jalb qila oldi. Quyida yakunlanib borayotgan yilda eng yuqori reytinglarni qayd etgan beshta dorama haqida ma’lumot beriladi. Bu haqda Daryo yozmoqda.

“Zolimning oshpazi”

Koreyalik Yon Jiyon professional oshpaz. U Fransiyadagi eng nufuzli oshpazlik musobaqasi “Oltin tova”da qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritadi. G‘alaba evaziga qiz uchta Mishlen yulduziga ega bo‘lgan mashhur restoranda bosh oshpaz lavozimini egallaydi. Koreyaga samolyotda qaytayotganda, u quyosh tutilishining guvohi bo‘ladi. Shu sababli samolyot turbulentlik zonasiga tushadi va Jiyon sehrli tarzda o‘tmishga – Choson sulolasi hukmronlik qilgan davrga ko‘chib o‘tadi.

Taxtda imperator Yon Xigun o‘tiribdi. U tarixga zolim hukmdor va kutilmaganda haqiqiy taom ishqibozi sifatida kirgan. Jiyon o‘z mahorati bilan uni lol qoldirishga erishadi va imperator uni saroy bosh oshpazi etib tayinlaydi. Bu yerda eng kichik xato ham hayot uchun xavfli bo‘ladi. Hukmdor qirolning didi esa o‘ta nozik va xarakteri oldindan aytib bo‘lmaydigan bo‘ladi.

Ushbu serial Pak Guk Chening “Yonsangunda oshpaz bo‘lib ishlash orqali omon qolish” nomli romani asosida suratga olingan. Bosh rollarni Lim Yuna, Li Che Min va Kan Xan Na ijro etgan.

“Hayot senga mandarinlar bersa”

Serial voqealari 1950-yillarda Jeju orolida kechadi. Kambag‘allik va ijtimoiy cheklovlar bu hududda odamlarning taqdirini juda erta belgilab qo‘yadi. Bu yerda yosh Esun yashaydi, uning onasi marvarid teruvchi g‘avvos ayol. Ayol kam daromad topgani sababli oila muhtojlikda kun kechiradi. Esun kelajakda boy yigitga turmushga chiqib, Seulga ko‘chib o‘tishni va mashhur shoira bo‘lishni orzu qiladi.

Ammo uning oshiqlari orasida faqat baliqchining o‘g‘li Gvanshik bor. Yoshlar birga ulg‘ayib, porloq kelajakka umid bog‘laydi. Biroq hayot doim ham o‘ylangandek kechmaydi. Ularni oldinda ko‘plab fojiali va g‘amgin, shu bilan birga baxtli va quvonchli lahzalar kutadi.

“Travmatologiya markazi”

Pek Kan Xyok urushlar, falokatlar va ekstremal sharoitlarda operatsiya qilgan tajribali jarroh bo‘ladi. Uning oddiy koreys shifoxonasiga ishga kelishi butun jamoa uchun jiddiy sinovga aylanadi. Pekning ishlash prinsipi mavjud byurokratik tizimga mos kelmaydi. Biroq aynan shu yondashuv tufayli u tarqoq bo‘linmani asta-sekin ahil jamoaga aylantiradi. Bu yerda har bir ish kuni nafaqat bemorlar hayoti, balki butun tizim bilan kurash sifatida kechadi.

Serialda tibbiyot kasbi qanday bo‘lsa shundayligicha, barcha qiyinchiliklari bilan ochiq ko‘rsatiladi. Shifokorning har bir qarori katta ahamiyatga ega bo‘lishi va ushbu kasb mas’uliyatiga e’tibor qaratiladi.

Doramada bosh rollarni Chu Ji Xun, Yun Gen Ho, Xa Yen va Chon Je Gvan ijro etgan.

“Mening ideal kotibam”

Kan Ji-yun kadrlar agentligini boshqaradi. Texnologiya kompaniyasining muhim xodimini boshqa firmaga o‘tkazish ustida ishlayotganda, u menejer Yu Yin-ho bilan tanishib qoladi. Yu Yin-ho xodimni hozirgi kompaniyada qolishga ko‘ndiradi. Biroq tajribali mutaxassisni olib qolgani uchun mukofot olish o‘rniga, u tez orada ishdan bo‘shatiladi.

Yu Yin-ho qiziga yolg‘iz o‘zi g‘amxo‘rlik qilishi kerakligi sababli, yangi ish izlay boshlaydi va tasodifan Kan Ji-yunning shaxsiy kotibasi bo‘lib ishga kiradi va voqealar shiddat bilan rivojlanib boradi.

“Socho tumani”

An Ju Hyun katta obro‘ga ega bo‘lgan mashhur va talabgir huquqshunos. U bu kasbni bejiz tanlamagan. Ju Hyun bolaligidanoq mantiq va sabab-oqibat bog‘liqligiga qiziqib kelgan. Biroq ko‘plab muvaffaqiyatli ishlarga qaramay, atrofdagilar uni hamon sovuqqon va jabrlanganlarga befarq odam deb hisoblashadi.

An Ju ortiqcha tashvishlardan qochish maqsadida shaxsiy advokaturasini ochishni rad etadi. Ammo yosh huquqshunos Kang Hi Ji bilan tanishuvi uning ish va hayotga bo‘lgan qarashlarini o‘zgartirishga majbur qiladi. Endi Ju Hyun Hi Ji va yana bir necha hamkasblari bilan nafaqat sudda murakkab ishlarni olib boradi, balki ish doirasidan tashqarida ham do‘stona munosabatlar o‘rnatadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.