Salomatlik
Qish faslida bolalarni yuqumli kasalliklardan himoya qilish uchun tavsiyalar
Qishki mavsumda yosh bolalarda laringit, o‘tkir yo‘tal va gripp kasalliklari kabi mavsumiy kasalliklar turkumidagi o‘tkir respirator virusli infeksiyalar soni ortib boradi. Ayniqsa, qishning qahratonida maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar yuqumli kasalliklarga chalinishga moyil bo‘ladi. Quyida ana shunday xastaliklarning tarqalishini kamaytiradigan va farzandlarimiz immunitetini mustahkamlaydigan oddiy usullar haqida Daryo ma’lumotlarini keltirib o‘tamiz.
Kunlik uyquning normada bo‘lishiga ahamiyat bering
Bolalarning kundalik rejimga amal qilishi ham muhim, ular kuniga 10-12 soat uxlashi, o‘z vaqtida kunduzgi uyquga yotishi lozim. Kundalik faoliyati tartibga solinmagan va kam uxlaydigan bolalarning immuniteti zaifroq bo‘ladi va infeksiyalarga chalinish moyilligi ortadi. Shuningdek, toza havoda sayr qilish, faol o‘yinlar va sport bilan shug‘ullanish kabi muntazam jismoniy faollik ham immun tizimini mustahkamlaydi.
Bolaning ovqatlanish ratsioniga alohida e’tibor qarating
Avvalo, o‘sib borayotgan organizm sog‘lom ovqatlanishi, bolaning ratsioni turli xil va balansli oziq-ovqatlardan iborat bo‘lishi kerak. Kundalik taomnomada yangi uzilgan sabzavotlar, mevalar (C vitaminiga boy sitrus mevalari, kivi, qulupnay), oqsilli ovqatlar (go‘sht, baliq, dukkaklilar), foydali yog‘lar (yong‘oq, avokado, baliq, tuxum) bo‘lishi zarur. Ular organizmni zarur vitaminlar va minerallar bilan ta’minlaydi.
Farzandingizga gigiyenik qoidalarni o‘rgatib boring
Farzandingizga gigiyena qoidalarini o‘rgatish, doimo qo‘llarni sovun bilan yuvish, kir qo‘llar bilan yuz, burun, og‘iz va ko‘z sohasiga tegmaslikni uqtirish lozim. Oila a’zolarining barchasida o‘zining shaxsiy sochig‘i va boshqa gigiyenik vositalari alohida bo‘lishi zarur.
Bolalar bo‘lgan xonani tez-tez shamollatib turing
Uydagi va bolalar vaqt o‘tkazadigan har qanday xonadagi havoni muntazam shamollatish kerak. Ayniqsa, yaqin hududda biror yuqumli kasallik epidemiyasi e’lon qilingan bo‘lsa, xonalarga toza havo oqimi kirishini ta’minlash muhimdir.
Shifokor buyurgan emlashlarni vaqtida oling
Pediatrlar tavsiyasiga ko‘ra, emlash bir qator xavfli infeksiyalardan himoya qiladi va kasallikning jiddiy asoratlar bilan o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shuningdek, tanani chiniqtirish ham immunitetni mustahkamlaydi va organizmning sovuqqa chidamliligini oshiradi.
Tumov yoki gripp bilan og‘rigan bemorlar bilan farzandingiz o‘rtasida masofa saqlashga harakat qiling
Yuqumli kasalliklar avj olgan mavsumda kasallangan odamlardan masofa saqlash, agar oilada kimdir kasal bo‘lsa, bemor va yosh bolalar o‘rtasidagi aloqani cheklash zarur. Kuz-qish mavsumida jamoat transporti, bolalar o‘yingohlari va odamlar gavjum bo‘ladigan boshqa joylarga bormaslik lozim.
Farzandingiz qabul qiladigan kunlik suv balansiga ko‘z -quloq bo‘ling
Tibbiyot mutaxassislari yoshlar ham, kattalar ham birdek ko‘proq suyuqlik ichishi kerakligini ta’kidlaydi, chunki organizmdagi suv balansi juda muhim. Uy, bog‘cha yoki maktabdagi stressli muhit va umuman salbiy hislar bolaning immunitetini zaiflashtiradi, shu sababli farzandlar uchun yoqimli hissiy muhit yaratish, ular bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish, birgalikda o‘ynash va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish muhim.
Bolaga D vitamin izarur. Buning uchun, albatta, shifokor ruxsatini oling
Shifokorlar bolalarga pediatr nazorati ostida D vitaminini qabul qilishni tavsiya qiladi. Ushbu infeksiyalarga qarshi kurashishda yordam beradigan vitamin bola tug‘ilganidan keyin birinchi haftalarda tomchi ko‘rinishida profilaktika uchun beriladi.
Yuqorida qayd etilgan oddiy, ammo samarali choralar bolalar immunitetini mustahkamlashga va yuqumli kasalliklarni tezroq yengishga ko‘mak beradi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


