Buxoro yangiliklari

Buxoro shahar hokimi Tursunov kim bilan $2 mlrd lik shartnoma imzoladi?

photo
Foto: Buxoro shahar hokimligi

Loading

Kuni kecha Vyetnamning Vyetnam Respublikasining yirik investision kompaniyasi – “ROX Group” raisining o‘rinbosari Tran Ti Mi Lok xonim boshchiligidagi delegatsiya vakillari Buxoroda bo’ldi. Ushbu tashrif davomida Buxoro shahri hamda “ROX Group” o‘rtasida umumiy qiymati 2 milliard AQSh dollariga teng bo‘lgan investitsion shartnoma tuzildi. Bu haqda shahar hokimligi Axborot xizmati xabar qilmoqda.

Buxoro shahar hokimi Qurbon Tursunov hamda “ROX Group” kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh vakili Aziz Burxanov tomonidan tarixiy shartnoma imzolandi. Ushbu kelishuv doirasida Buxoro shahrida yangi shaharsozlik standartlari asosida barpo etiladigan ikkita yirik loyihaga rasman start berildi. Mazkur investistion kelishuv doirasida “New Bukhara City” va “New Central Bukhara” loyihalari amalga oshiriladi.

Mazkur loyihalar Buxoro shahri va umumiy mintaqa rivojlanishi hamda gullab-yashnashiga katta hissa qo‘shishi kutilmoqda. Loyihalar o‘zining noyob konsepsiyasi, zamonaviy arxitektura yechimlari va kompleks yondashuvi bilan shahar qiyofasini tubdan yangilashga xizmat qiladi hamda Buxoroning investision va turizm salohiyatini yanada oshiradi. Loyihalarni amalga oshirish jarayonida qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalarida ko‘plab imkoniyatlar yaratilib, mahalliy aholi uchun minglab yangi ish o‘rinlari paydo bo’ladi.

Loyihalar doirasida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, yo‘l-transport infratuzilmasi, obodonlashtirish ishlari va ijtimoiy soha obyektlari zamonaviy talablar asosida rivojlantiriladi. “New Bukhara City” va “New Central Bukhara” loyihalari doirasida turar-joy, ijtimoiy, madaniy va dam olish obyektlari barpo etilib, aholi uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy yashash muhiti yaratiladi. Bu esa fuqarolarning umumiy hayot sifati oshishiga xizmat qiladi. Bundan tashqari, mazkur loyihalar xorijiy sayyohlar hamda qo‘shni viloyatlar aholisi o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otib, turizm sohasining jadal rivojlanishiga, Buxoro shahrining xalqaro miqyosda tanilishi va nufuzi oshishiga munosib hissa qo‘shadi.

Ma’lumot uchun, “ROX Group” — 1990-yilda tashkil topgan ko‘chmas mulk sohasida faoliyat yurituvchi Vyetnamdagi turar-joy, tijorat va aralash tipdagi ko‘chmas mulk loyihalarini rivojlantirish, boshqarish hamda investitsiya qilishga ixtisoslashgan xalqaro kompaniya.

Rasmiy saytidagi ta’rifga ko‘ra, firma global miqyosda faoliyat olib borishga yo‘naltirilgan bo‘lib, zamonaviy shahar infratuzilmasini yaratish va aholining yashash sifatini oshirishni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘ygan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.