Islom

G‘iybat – og‘ir gunoh: Jabroil alayhissalom: “Birodarlaringizning go‘shtini yeganingizdek, yeyaveringlar”

photo
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Savol: Assalomu alaykum. Odamlar orasida g‘iybat qilish hollari ko‘p uchramoqda. Iltimos, bunga dinimizning ko‘rsatmasi haqida ma’lumot bersangiz.

Javob: Va alaykum assalom. Gʻiybat gunohi kabiralardan biridir. Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadi: “Bir kishidagi ayb-nuqsonni boshqalarga aytib yurish g‘iybatdir. U qilmagan ishni yoki unda yo‘q narsani aytish tuhmatdir”.

Alloh taolo bunday ogohlantiradi: 

 يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا اجْتَنِبُوا كَثِيرًا مِنَ الظَّنِّ إِنَّ بَعْضَ الظَّنِّ إِثْمٌ وَلَا تَجَسَّسُوا وَلَا يَغْتَبْ بَعْضُكُمْ بَعْضًا أَيُحِبُّ أَحَدُكُمْ أَنْ يَأْكُلَ لَحْمَ أَخِيهِ مَيْتًا فَكَرِهْتُمُوهُ وَاتَّقُوا اللَّهَ إِنَّ اللَّهَ تَوَّابٌ رَحِيمٌ  

“Ey mo‘minlar! Ko‘p gumon(lar)dan chetlaningiz! Chunki ba’zi gumon(lar) gunohdir! (O‘zgalar aybini qidirib) josuslik qilmangiz va biringiz biringizni g‘iybat qilmasin! Sizlardan biror kishi o‘zining o‘lgan birodarining go‘shtini yeyishni xohlaydimi?!” (Hujurot surasi, 12-oyat).

Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhu rivoyat qiladi: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: “Isro kechasi bir qavm tanasidagi bir qism go‘shtni kesib, uni yeb turganlarida, ularning oldidan o‘tib qoldim. Shunda ularga Jabroil alayhissalom “Birodarlaringizning go‘shtini yeganingizdek, yeyaveringlar”, deb aytdi. Men hayratlanib: “Ey Jabroil, ular kimlar edi?” deb so‘radim. Jabroil: “Ular ummatlaringiz orasidagi g‘iybatchilardir”, deb javob berdi” (Imom Ahmad va Imom Abu Dovud rivoyati). Vallohu a’lam.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo hay’ati

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.