Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (06.01.2026)

munajjimlar bashorati
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Munajjimlar bashorati (2026-yilning 6-yanvar, seshanba kuni uchun)

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Manfaatlaringizni, qarashlaringizni hurmat qiladiganlarga siz ham hurmat bilan yondashing. Bu ezgu maqsadlarga yetishingizda asosiy qurol vazifasini o‘taydi.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Bugun ko‘p vaqtingizni uyda kechirishingiz tavsiya etiladi. Ishxonada ishlaringiz ko‘p bo‘lsa ham bajarib bo‘lishingiz bilan darhol uyga qayting. Aks holda ko‘ngilsiz vaziyatga tushib qolishingiz xavfi bor.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Jismoniy zo‘riqish organizmga garmoniyalar tashrifini yo‘qqa chiqaradi. Vitaminlar qabul qiling. Ovqatlanish rejimini buzmang, vaqtida dam olishni unutmang.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Ish jarayonida raqobatchilar yo‘lingizga ko‘ndalang bo‘lishi kutilmoqda. Ayniqsa, shaxsiy biznesiga ega bo‘lganlar bu manzaradan hayratga tushishmasa ham bo‘ladi.

Arslon (24.07 — 23.08)

Bugun muammolaringiz haqida yana bir karra o‘ylab, mulohaza yuritib olish uchun qulay imkoniyatlar tug‘iladi. Ulardan unumli foydalansangiz, foydadan xoli bo‘lmaydi.

Parizod (24.08 — 23.09)

Bugun o‘zingizni faqat omad, muvaffaqiyatlarga tayyorlang. Xayolparastlikka beriling. Shirin xayollar og‘ushida kerak bo‘lsa samolargacha yeting.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Agar hayotdan ko‘nglingiz to‘lmayotgan bo‘lsa, o‘zingizni tutishda va boshqa jabhalarda jiddiy o‘zgarishlar yasang. Ishga va shaxsiy hayotga nisbatan munosabatlarni yangilang.

Chayon (24.10 — 22.11)

Bugun professional kasbingiz bilan bog‘liq ishingizda muammolar paydo bo‘lish ehtimoli bor. Rahbarlardan tanqid, hamkasblardan dakkilar eshitishingizga to‘g‘ri keladi.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

G‘iybatlar va mish-mishlar aynan sizning nomingizga yog‘ilayotganidan xabar topasiz. Shuning uchun emotsional holatingizni shunga tayyorlab qo‘yishingiz ham ziyon qilmaydi.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Istaklaringiz haqiqatga aylanishi uchun ularni to‘g‘ri tanlay bilishingiz kerak. Qalbingizda istaklar ro‘yobga chiqishi masalasida shubha-gumonlar umuman bo‘lmasligi lozim.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Bugun ovqatlanishda va jismoniy mehnatda me’yorga amal qilishingiz talab etiladi. Agar do‘stlar, tanishlar ko‘magisiz bitmaydigan ishlarga yolg‘iz o‘zingiz qo‘l ursangiz, salomatlikka jiddiy putur yetadi.

Baliq (20.02 — 20.03)

Bugun kuzatuvchan bo‘lishingiz zarur. Ishxonangizda kelishmovchiliklar, janjalli lahzalarning keti uzilmasligi mumkin. Bu ko‘ngilsizliklardan tafakkur yordamidagina nari bo‘la olasiz.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.