Buxoro yangiliklari

Shofirkondagi 11-maktabda inklyuziv ta‘limga ixtisoslashgan sinf ochildi

photo
Foto: IHMA Buxoro viloyati boshqarmasi

Loading

Bugungi kunda ta’lim tizimida har bir bolaning imkoniyatidan qat’i nazar sifatli ta’lim olishini ta’minlash muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda Shofirkon tumani 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabida inklyuziv sinf tashkil etildi. Bu haqda Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi xabar qilmoqda.

Hozirda mazkur inklyuziv sinflarda 2 nafar alohida ta’lim ehtiyojiga ega bo‘lgan bola tengdoshlari bilan birgalikda ta’lim olmoqda. Ular uchun qulay, xavfsiz va moslashtirilgan ta’lim muhiti yaratilgan bo‘lib, dars mashg‘ulotlari individual yondashuv asosida tashkil etilmoqda.

Maktabda to‘siqsiz muhitni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, bino kirish qismida panduslar o‘rnatilgan, sinf xonalari va yo‘laklar erkin harakatlanish uchun moslashtirilgan. Zarur jihozlar va o‘quv vositalari bilan ta’minlanib, bolalarning mustaqil harakatlanishi va dars jarayonida faol ishtirok etishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

photo 02

Alohida ta’lim ehtiyojiga ega bo‘lgan o‘quvchilar bilan maxsus pedagoglar ishlamoqda. Mutaxassislar tomonidan bolalarning psixologik holati, rivojlanish darajasi va ehtiyojlaridan kelib chiqib, maxsus ta’lim dasturlari asosida mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Bu esa ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ijtimoiy moslashuvini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.