Mashhurlar

Deputat bo‘lgan, bir o‘limdan qolgan, bedavo kasallikdan aziyat chekadigan Amitabh Bachchan haqida

photo
Foot: Daryo.uz

Loading

2026-yining 11-oktabrda hind kinosining tirik afsonasi — Amitabh Bachchan 84 yoshni qarshi oladi. Daryo nashri buyuk aktyorning hayot va ijod yo‘liga nazar tashladi.

Mashhur hind shoiri Xarivanshraya Bachchanning o‘g‘li Amitabh 1942-yil 11-oktyabrda Hindistonning Ollohobod shahrida tug‘ilgan. U dastlabki ta’limni Shervud maktabida oladi, so‘ngra Kalkuttadagi yuk tashish firmasida brokerlik ishini tashlab, 1968-yilda Bombeyga ko‘chib o‘tadi. Bu yerda uni o‘z o‘rnini topish uchun kurash kutib turar edi.

Pin von zainab auf Amitabh bachan | Bh

Ayni shu yillarda Hindiston mustaqillikka erishganidan 25 yil o‘tib, mamlakat yoshlarining hafsalasi pir bo‘lgandi. Korrupsiya, ishsizlik, og‘ir hayot — bularning bari kurashishni talab qilar edi.

1973-yilda “Zanjir” filmi namoyish etiladi, unda qonunni o‘z qo‘liga olgan va yovuzlikka qarshi kurashgan qahramonni odamlar xuddi o‘zlarining qutqaruvchisi sifatida ko‘radi. Kartinada bosh rol — politsiya xodimi Vijay Xannani o‘ynagan aktyor kelishgan, uzun bo‘yli Amitabh Bachchan edi.

Qizig‘i shundaki, u o‘zining ajoyib ovozi bilan Butun Hindiston radiosi tomonidan rad etilgan va hatto birinchi filmlaridan biri “Reshma va Shera”da boshqaning ovozi bilan o‘ynagan. Ko‘plab muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng Amitabh hatto aktyorlik karyerasidan voz kechishni ham o‘ylab ko‘rgan vaqtda uning hayotida “Zanjir” jangari filmi paydo bo‘ladi.

Undan oldin Rishikesh Mukerji rejissyorlik qilgan “Ananda” (1970) va “Noshukur” (1973) yoki “Savdogar” (1973) filmlarida ishtirok etadi. Ammo “Zanjir” butun hayotini o‘zgartirib yuboradi.

Baland bo‘yli, qotmadan kelgan Amitabh yangi jang qahramonining timsoliga aylanadi. Rajesh Xanna va Dharmendra kabi hamkasblari romantik rollarni ijro etgan bo‘lsa, Amitabh hind kinolarining “jiddiy va zabardast yigiti” edi. Bularning barchasi 1970-yillarning o‘rtalarida, mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat beqaror bo‘lgan paytda yuz beradi.

Hozirda Bollivud klassikasi hisoblangan “Devor” (1975) filmida u Shashi Kapur o‘ynagan halol politsiyachidan farqli o‘laroq, mafiya boshlig‘i rolini ijro etadi. Bu jangari filmda odamlarga qonunga bo‘ysunuvchi akasidan ko‘ra ko‘proq hamdard bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan Amitabh navbatdagi ajoyib chiqishini qiladi.

Filmlardagi Bachchan obrazi ko‘pincha ikki turdagi ayollar bilan hamkorlik qilgan: birinchisi, sodda va an’anaviy ona, ko‘pincha Nirupa Roy o‘ynagan. Ikkinchisi, Ziynat Aman, Parvin Babi yoki Rekha timsolidagi erkinlikni sevuvchi qiz. Amitabh filmografiyasiga Yash Chopra filmlaridan, masalan, “Sevgi — bu hayot” yoki Manmoxan Desayning “Amar, Akbar, Antoni”, “Tarbiya”, “Taqdir” kabi oddiy komediyalaridagi romantik rollar ham kiritilgan. Aktyor hamma kartinada o‘z rollarini eng yuqori ampluada o‘ynab kelgan.

1982-yilda Bachchan Manmoxan Desayning “Hammol” filmida suratga tushayotganda hayotiga xavf tug‘diradigan darajada jarohat oladi. Aktyor klinik o‘limdan omon qolgan bo‘lsa-da, oyoqqa turguncha bir qator operatsiyalarni boshidan kechiradi. Butun mamlakat umidsizlikka tushadi, uning hayoti uchun ko‘p duo va ibodatlar qilinadi.

Aktyorning tirik qolishi uchun 200 dan ortiq donorlar qon topshiradi. Film chiqqach, u jiddiy jarohat olgan sahna bir necha soniya davomida to‘xtatilib, ushbu sahna aktyorning hayotiga xavf tug‘dirgani aytiladi. Bundan tashqari, Desay ham asl ssenariy bo‘yicha uni avj nuqtasida o‘ldirmaslikka qaror qilgan edi. Aytish kerakki, kartina kassada katta yutuqqa erishadi.

1984-yilda, karyerasining ayni avjida Amitabh Bachchan siyosatda ham o‘zini sinab ko‘rishga qaror qiladi. Indira Gandi, Rojiv Gandi va Neru oilasi a’zolari bilan bo‘lgan yaqin aloqalarini aytmasa ham, mashhurligi tufayli tug‘ilgan shahri — Ollohobod aholisining ko‘pchiligi uni parlamentga saylaydi.

Ammo Bachchanning siyosatga aralashuvi uzoq davom etmadi — u ba’zi janjallarga, jumladan, mamlakatni larzaga solgan Bofors qurollari ishiga aloqador edi. Natijada u hech qachon siyosatga aralashmaslikka va’da berib, parlamentdagi kursisidan voz kechadi.

Kinoda u Bollivuddagi ijodini 1980-yillarda davom ettiradi. Keyin u “Olovli yo‘l” filmidagi o‘g‘ri roli uchun Milliy mukofot oladi (1990). Biroq 90-yillarning boshlarida “Yaxshi do‘stlar” (1991) va “Xudo guvoh” (1992) filmlari namoyishidan so‘ng tanaffusga chiqadi. Muvaffaqiyatli tijorat qahramoni sifatida uning karyerasi biroz muddatga to‘xtab qoladi.

Oradan besh yil o‘tgach, Bachchan “O‘lim farishtasi” (1997) bilan yana kinoga qaytishga urinadi, ammo endi hammasi oldingidek emasdi. Bundan tashqari, uning ABCL kompaniyasi Bangalorda bo‘lib o‘tgan “Dunyo go‘zali” tadbirini noto‘g‘ri boshqarganligi sababli qarzga botib qoladi va bu pullarning hammasini Amitabh Bachchan to‘laydi.

Ammo keyin uning hayotida ajoyib burilish yuz beradi. Ommabop “Kim millioner bo‘lishni xohlaydi?” tok-shousi boshlovchisi rolini nafaqat qoyilmaqom tarzda ijro etadi, balki yosh avlod bilan ham ishlashni yoqtirib qoladi.

Amitabh Charli Chaplin va Lourens Olivye kabi buyuklar qatorida ming yillik yulduz sifatida tan olingan. Shuningdek, Bachchanning Londondagi Madam Tyusso muzeyida abadiylashtirilgan birinchi mum haykali paydo bo‘ladi. 2001-yil 26-yanvarda hind kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun nufuzli “Padma Bxushan” mukofoti bilan taqdirlanadi.

Shundan so‘ng Amitabh hind kinosining eng band aktyorlaridan biriga aylandi, hattoki unga maxsus rollar yoziladi. Bollivudda u faqat qahramon-ota rolini o‘ynar va bu uning uchun katta yutuq edi.

Bachchan “Sevgi va xiyonat” (2003), “Burch hammasidan ustun ” (2004), “Murabbiy” (2004), “Banti va Babli” (2005), “Shunchaki sevgiga ishonma” (2007), “Sevgi retsepti: shakarsiz!” va “Bekorchilik qurboni” (2007) kabi har qanday ssenariyni osonlikcha o‘zlashtira olishini va o‘ynagan har bir rolini hayotga tatbiq qilishni ko‘rsatadi.

Shahanshoh"dan “Zulmat"gacha. Amitabh Bachchan filmlarini bilasizmi? –  Gazeta

Oilasi

Amitabh Bachchanning katta qizi Shveta o‘zini onasi singari oila va bolalarga bag‘ishladi va kinodagi karyera unga tegishli emasligini anglab yetdi. U mashhur aktyor Raj Kapurning nabirasi Nikxil Nanda bilan turmush qurgan, juftlikning ikki nafar farzandi bor edi. Lekin Shvetaning nikohi uzoq davom etmadi va 2020-yilda ajrashish uchun sudga ariza topshirdi.

Shvetaning qizi Navye Naveli juda chiroyli bo‘lgani uchun ham kino olamida ajoyib karyeraga ega bo‘lishi kutilgan edi, lekin qiz AQSHda reklama biznesi bilan shug‘ullanadi.

“Men qizimni aktrisa bo‘lmaslikka ko‘ndirdim. Bu borada unga katta bosim o‘tkazdim va jiddiy yondashdim. Shunchaki bolaligimdan Bollivud juda ko‘p muammolarga duch keladigan qiyin joy ekanligini bilaman va bu yerda karyerani shakllantirish oson ish emas”, deydi Shveta Bachchan.

Shuningdek, Amitabhning nabirasi, ya’ni Shvetaning o‘g‘li Agastya 2019-yilda Buyuk Britaniyada o‘rta maktabni tugatgan va u ham aktyor bo‘lish niyatida.

Amitabh Bachchanning o‘g‘li Abhishek — taniqli aktyor, Filmfare’ning “Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor” mukofotining uch karra g‘olibi. U otasining tashqi ko‘rinishi va iste’dodini meros qilib oldi, ekranda turli rollarda paydo bo‘ldi. Ayniqsa, salbiy odamlarning rollarida ijobiydan ko‘ra yaxshiroq muvaffaqiyat qozondi. Ma’lum bo‘lishicha, aktyor uzoq vaqt davomida Karishma Kapur bilan yaqin munosabatda bo‘lgan va ular turmush qurishga qaror qilgan. Lekin to‘satdan mashhur aktrisa hamda go‘zallikda boshqa yulduzlardan kam bo‘lmagan Ayshvariya Ray bilan tanishib qoldi.

Amitabh Bachchan agrees son Abhishek Bachchan is a 'victim of nepotism  negativity' - Celebrity - Images

“Qachonligini bilmayman, lekin men uni yagona ekanligini anglab yetdim. Ochig‘ini aytganda, u boshqacha edi va men doim unga nisbatan nimanidir his qilardim. Agar unga ham shu savol berilsa, xuddi shunday javob qaytaradi”, deydi Abhishek .

​Yulduzli juftlik to‘y kunini belgiladi: lekin orada kelishmovchiliklar paydo bo‘ldi. “Haqiqiy tuyg‘ular” filmining ikkinchi qismini suratga olish paytida Ritik Roshan va Ayshvariya ishtirok etgan sahnalarning biri uchun g‘azablangan hind tomoshabinlari ularni sudga berdi. Ayshvariyaning bo‘lajak qaynonasi ham o‘g‘lidan to‘yni to‘xtatishni talab qiladi. Ammo Abhishek bunga rozi bo‘lmadi va to‘y bo‘lib o‘tdi. Ayshvariya va Abhishekning hozirda qizi bor, uning ismi Aaradya va u xuddi otasining o‘zginasi — Bachchanlar oilasining eng kichigi va suyuklisi.

When Aishwarya Rai revealed she had fights with Abhishek Bachchan every  day: 'Women don't make up' | Bollywood - Hindustan Times

Amitabh va uning rafiqasi Jaya qariyb 50 yildan buyon birga yashab kelmoqda. Ularning katta, do‘stona va baxtli oilasi bor. Bachchanlarning aytishicha, har bir muvaffaqiyatli erkak ortida uni qo‘llab-quvvatlaydigan ayol turadi. Amitabh Bachchanning rafiqasi Jaya Bxaduri turmush o‘rtog‘i va bolalarini baxtli qilish uchun hamma narsani qildi. Bachchanning ijodiy tarjimayi holi deyarli 300 ta filmni tashkil qiladi. Aktyorlarning ko‘pchiligi yillar davomida yoshlikdagi mashhurligini saqlab qolishida rafiqasining xizmati katta, albatta.

Amitabh Bachchan wealth: Jaya and Amitabh Bachchan's staggering wealth  revealed: B-town couple owns 17 cars - The Economic Times

Amitabh rafiqasini hurmat qiladi va qadrlaydi − bir marta aktyor komaga tushib qolganida turmush o‘rtog‘i uning oldidan bir qadam ham uzoqqa ketmagan. Amitabh o‘ziga kelgach, yonida Jayani ko‘rib, shunday degan: “Agar men hayotga qayta kelar bo‘lsam, baribir faqat senga uylanardim”. Jaya va Amitabh ko‘p narsalarni boshdan kechdi, ota-ona, bobo-buvi bo‘ldi va ajoyib oilasini saqlab qoldi. Aktyor myasthenia gravis deb ataladigan autoimmun kasallikka chalingan — bu kasallik mushaklar zaiflashishiga olib keladi. Shuningdek, u gepatit B infeksiyasi natijasida jigarining taxminan 75 % qismi shikastlanganligi haqidagi ma’lumotlar ham mavjud. 

Amitabh Bachchan shares health update after undergoing eye surgery, thanks  fans - India Today

84 yosh atrofida bo‘lishiga qaramay, aktyor kino va televideniyedagi faoliyatini davom ettirmoqda. Amitabh Bachchan uzoq yillardan beri  Kaun Banega Crorepati (“Kim millioner bo‘lishni istaydi?”) shousining yuzlaridan biri. Shuningdek, u reklama, ovoz berish va ko‘rsatuvlardagi ishtiroki orqali ham kinoga bog‘liq faoliyatni davom ettirmoqda. 2024-yilda u “Kalki 2898 AD” filmida mifologik obrazni ijro etdi — bu film Hindiston tarixidagi eng qimmat loyihalardan biri bo‘ldi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.