Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (09.01.2026)

munajjimlar bashorati
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 9-yanvar, juma kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Ish joyingizda hamkasblar sizga nisbatan yolg‘on ishlatishiga yo‘l qo‘ymang. Uy ishlarini ham puxta reja asosida tashkil eting. Dangasalikka aslo erk bermang.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Har ishga aqlni ishlatgan holda yondashsangizgina ko‘zlangan ezgu maqsadlarga yetasiz. Ilgari sizga muvaffaqiyatsizlik taqdim etgan usullarni bir chetga surib qo‘ying.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Ish joyingizdagi eng murakkab vazifalarni ham osonlikcha ado eta boshlaysiz. Hamkasblar ham bu muvaffaqiyatlaringizdan hayratga tushadi.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Bugun kuningiz yengil kechmaydi. Ijobiy natija olish uchun bor iste’dodingiz, tajribangizni ishga solishingiz talab etiladi.

Arslon (24.07 — 23.08)

Bugun ishda ham, shaxsiy hayotda ham mustahkam himoyaga ega bo‘lishingiz kerak. Himoya tafakkur, odamoxunlik va prinsiplarga suyangan holda ish yuritishdan iborat bo‘ladi.

Parizod (24.08 — 23.09)

Bugun aslo birovlardan pul qarz ola ko‘rmang. Busiz ham muammolarni bartaraf eta olasiz. Xaridlarni rejalashtirgan bo‘lsangiz, picha ortga surib turishingizga to‘g‘ri keladi. Ular sizni qarzga botirishi mumkin.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Bugun go‘yo ensiklopediyaga aylanib qolasiz. Yurgan yo‘lingizda birovlarga bilim tarqatish bilan band bo‘lasiz. Bu sizning yana bir yutug‘ingiz, ishoning.

Chayon (24.10 — 22.11)

Prinsiplaringizga keng yo‘l bering. Tabiatingizga xos qaysarlik aynan bugun sizga foyda beradi. Uning ko‘magida ishlaringizda unum bo‘ladi.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Bugun sal bo‘sh kelsangiz, tamom, o‘sha zahoti firibgarlar va ko‘ngli qoralar ta’qib qila boshlaydi. Ta’qib o‘ta yoqimsiz kechadi. Ehtiyotingizni qiling.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Ertalabdan barcha shubha va gumonlarni siquvga oling. Keyin ularni o‘zingizdan nari surib tashlang. Ish uchun, shaxsiy hayot uchun ham yangi yo‘l toping.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Ishxonangizda o‘zingizni boshqa hamkasblardan yuqori qo‘yish fikrini yo‘q qila olsangiz, faqat foyda qilasiz. Ishda faollik, shaxsiy hayotda esa shinavandalik, mehr va muloyim muloqot sizga do‘stlik qila oladi.

Baliq (20.02 — 20.03)

Ijod kishilarining kuni tug‘adigan bo‘lib turibdi. Yangi yo‘llar ochasiz. Bu yo‘llar sizni ezgulik sari yetaklaydi.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.