Buxoro yangiliklari

Buxoro mahallalarida nima gap?

picture
Foto: Telegram (@Jamol_Nosirov)

Loading

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Buxoro viloyati boshqarmasi hududdagi olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarining borishi haqida ma’lum qildi:

📍Buxoro tumani, Dehcha MFYda  aholiga qulaylik yaratish maqsadida qo‘shimcha beton simyog‘ochlar o‘rnatildi.

📍Buxoro tumani, Oybek MFY, Toshmachit ko‘chasida shagallashtirish ishlari olib borilmoqda.

📍Kogon shahri, Istiqlol MFY, Ipak yo‘li ko‘chasida har bir kirish yo‘lagiga kuzatuv kameralari o‘rnatildi. Shuningdek, bolalar maydonchasi ta’mirlandi.

📍Kogon shahri, Amir Temur MFY, Oltinko‘l ko‘chasida shag‘allashtirish va obodonlashtirish ishlari bajarildi. Xiva va Mash’al ko‘chalaridagi chiqindi konteynerlari ta’mirlandi.

📍Kogon tumani, B. Naqshband mahalasining Sarjuymazor, Po‘lotchi, Chorchinor va Kulolon qishloqlarida 10% lik mablag‘lar hisobidan 23 ta ko‘cha chirog‘i o‘rnatildi.

📍Kogon tumani, «O‘ba cho‘li» MFY da homiylar tomonidan ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

📍Kogon tumani, Taraqqiyot MFY, Taraqqiyot ko‘chasidagi ichki yo‘llarda ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

📍Romitan tumani, Azizon, O‘zbekiston va Qo‘rg‘on mahallalalari hududida toza ichimlik suvi quvurlari o‘rnatilmoqda. 

📍Romitan tumani, Qahramon MFY da ariqlarni hashar yo‘li bilan tozalash ishlari olib borilmoqda, tomorqalarda issiqxonalar qurilmoqda.

📍Peshku tumani, Qoraqalpoq MFY, Arbobxoji qishlog‘ida 1,5 km latoklashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

📍Peshku tumani,  Bog‘imuso MFY binosi oldida “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida arzonlashtirilgan mevali va manzarali ko‘chatlar yarmarkasi tashkil etildi.

📍Olot tumani, Oq-oltin mahallasida 10 foizli mablag‘lar hisobidan 70 dona quyosh panelli zamonaviy ko‘cha chiroqlari o‘rnatilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.