O‘zbekiston

Xorijdan O‘zbekistonda o‘qish uchun kelgan talabalar soni qancha? Statqo‘m ma’lumotlarni ochiqladi

picture
Foto: Buxoro Davlat tibbiyot instituti

Loading

O‘zbekistonga ta’lim olish maqsadida kelayotgan xorijiy talabalar soni bo‘yicha yangilangan statistika e’lon qilindi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar—noyabr oylarida mamlakatimizga o‘qish uchun 37,2 ming nafar chet el fuqarosi tashrif buyurgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 54,3% ga ko‘p.

Qo‘mita hisobotida qayd etilishicha, 2025-yilning dastlabki 11 oyida O‘zbekistonga ta’lim olish uchun kelgan xorijliklar soni mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

  • Hindiston — 16,3 ming nafar
  • Turkmaniston — 8,9 ming nafar
  • Tojikiston — 2,7 ming nafar
  • Pokiston — 1,7 ming nafar
  • Xitoy — 1,4 ming nafar
  • Janubiy Koreya — 870 nafar
  • Qirg‘iz Respublikasi — 823 nafar
  • Misr — 737 nafar
  • Filippin — 501 nafar
  • AQSH — 464 nafar
  • Turkiya — 357 nafar
  • Afg‘oniston — 291 nafar
  • Iordaniya — 194 nafar
  • Buyuk Britaniya — 179 nafar
  • Rossiya — 164 nafar
  • Janubiy Afrika Respublikasi — 155 nafar
  • Eron — 115 nafar
  • Qozog‘iston — 113 nafar
  • Bangladesh — 97 nafar
  • Italiya — 94 nafar

Shuningdek, e’tiborga molik jihat shundaki, avvalroq O‘zbekiston Janubiy Koreyadagi xorijiy talabalar sonining oshishiga eng katta hissa qo‘shayotgan davlatlar qatoriga kirgani haqida xabar berilgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning birinchi yarmi yakunida Janubiy Koreyada tahsil olayotgan chet ellik talabalar soni tarixiy eng yuqori darajaga yetgan. Aynan shu davrda 5 ming nafar o‘zbekistonlik talaba o‘qish uchun Janubiy Koreyani tanlagan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.