O‘zbekiston

O‘zbekistonda tuzalmaydigan va og‘ir bemorlar uchun yotib turish uchun parvarish markazi ochiladi

picture
Foto: Toshkent shahar hokimligi

Loading

So‘nggi kunlarda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda ushbu masala faol muhokama qilinayotgani fonida Toshkent shahar hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, hududda kattalar uchun xospis tashkil etish loyihasi allaqachon amaliy bosqichga o‘tgan va qurilish ishlari sezilarli darajada jadallashgan.

Xospis majmuasi 5,2 gektar maydonda barpo etilmoqda. Shundan:

  • qurilish maydoni — 2 731,7 kvadrat metr,
  • umumiy qurilish hajmi — 24 137 kub metrni tashkil etadi.

Loyiha mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan bosqichma-bosqich moliyalashtirilmoqda. Oxirgi ikki yil davomida ishlar tezlashib, obyektda qurilish va yakuniy tayyorgarlik uchun zarur sur’atlar ta’minlandi.

Ayni paytda xospis hududida yakunlovchi qurilish-montaj va ichki tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Rejaga ko‘ra, ular joriy oy oxirigacha to‘liq yakunlanadi.

Bugungi holatga kelib:

  • asosiy binoning tashqi fasad ishlari — 100 %,
  • ichki pardozlash, elektr-montaj va santexnika ishlari — 80 %
  • hududni obodonlashtirish va sug‘orish tizimlari — 80 % bajarilgan.

Keyingi bosqich: jihozlash. Qurilish ishlari to‘liq tugallangach, muassasani mebel, santexnika jihozlari, shuningdek zarur tibbiy buyum va uskunalar bilan bosqichma-bosqich ta’minlash rejalashtirilgan. Mas’ul tuzilmalar loyihani amaldagi qonunchilik va sifat standartlariga qat’iy amal qilgan holda o‘z vaqtida yakunlash uchun muvofiqlashtirilgan tarzda ish olib bormoqda.

Toshkent shahrida xospis tashkil etilishi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, palliativ yordamni kuchaytirish, og‘ir xastalik bilan kurashayotgan bemorlar hamda ularning yaqinlariga insonparvar munosabatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, mazkur loyiha nafaqat tibbiy, balki ijtimoiy jihatdan ham katta ahamiyatga ega bo‘lib, jamiyatda bemorlarga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yangi bosqichini boshlab beradi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerak-ki, Xospis — bu og‘ir, tuzalmas kasallikka chalingan bemorlar uchun mo‘ljallangan maxsus tibbiy-ijtimoiy parvarish tizimi bo‘lib, uning asosiy maqsadi davolash emas, balki bemorning hayot sifatini yaxshilash, og‘riq va azoblarni kamaytirishdir.

Xospisning asosiy vazifalari:

  • og‘riq va alomatlarni yengillashtirish (palliativ yordam);
  • ruhiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash;
  • bemor va uning oila a’zolariga yordam;
  • qulay, osoyishta muhit yaratish;
  • hayotning so‘nggi bosqichini insoniy va munosib o‘tkazishga ko‘maklashish.

Muhim jihat: xospisda bemorni butunlay sog‘aytirishga urinishmaydi. Bu yerda asosiy e’tibor — inson sha’ni, tinchligi va og‘riqsiz yashashiga qaratiladi.

Qachon xospis tavsiya etiladi?

  • Yurak, o‘pka yoki boshqa surunkali kasalliklarning so‘nggi bosqichlari;
  • saratonning oxirgi bosqichi;
  • og‘ir nevrologik kasalliklar.
Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.