Jahon

Ukraina razvedkasi ogohlantirdi: Chechenistonda Ramzan Qodirov sog‘lig‘i yomonlashdi

pic
Foto: Telegram (@RKadyrov_95)

Loading

Ukraina maxsus xizmatlari Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning sog‘lig‘i og‘ir ahvolda bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumot tarqatdi. Ukraina Bosh razvedka boshqarmasiga tayanib xabar qilinishicha, Qodirov buyrak yetishmovchiligi sababli muntazam dializ muolajalarini olayotgani ehtimoldan xoli emas.

Razvedka ma’lumotlarida qayd etilishicha, Checheniston rahbari respublika hududidagi xususiy klinikalardan birida davolanmoqda. Shuningdek, uning yaqin qarindoshlari ushbu tibbiyot muassasasiga yig‘ilgani haqida ham xabarlar mavjud. Biroq Grozniy rasmiylari yoki Kreml mazkur ma’lumotlarga hozircha izoh bermagan.

Shu bilan birga, razvedka manbalari Kreml doirasida Checheniston rahbariyati uchun ehtimoliy vorislar masalasi muhokama qilinayotganini ham ma’lum qilgan. Xabarlarga ko‘ra, nomzodlar qatorida Checheniston hukumati raisi Magomed Daudov, “Ahmat” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni Apti Alaudinov, shuningdek, Qodirovning katta o‘g‘li Ahmat Qodirov tilga olinmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Magomed Daudov 2024-yil may oyidan buyon Checheniston Respublikasi hukumati raisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. U 2015–2024-yillarda respublika parlamentiga rahbarlik qilgan va Qodirovga yaqin, ta’sir doirasi keng amaldorlardan biri sifatida tanilgan.

Apti Alaudinov esa general-mayor unvoniga ega bo‘lib, Rosgvardiya tarkibidagi «Ahmat» bo‘linmasiga qo‘mondonlik qiladi. Ochiq manbalarga ko‘ra, u inson huquqlari bilan bog‘liq da’volar sabab AQSh Kongressi tomonidan sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.

Shuningdek, 20 yoshli Ahmat Qodirov ham ehtimoliy voris sifatida tilga olinmoqda. U hozirda Checheniston hukumati raisi o‘rinbosari hamda respublika sport vaziri lavozimlarida ishlamoqda.

Ta’kidlanishicha, mazkur ma’lumotlar hozircha mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan. Rasmiy idoralar Ramzan Qodirovning sog‘lig‘i yoki vorislik masalasi yuzasidan bayonot bergani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi yillarda Checheniston rahbarining sog‘lig‘i bilan bog‘liq turli mish-mishlar bir necha bor tarqalgan, biroq ularning aksariyati rasmiy tasdiq topmagan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.