Buxoro yangiliklari
Bir kunda 83 ta murojaat: Buxoro viloyat prokurori shaxsiy qabul o‘tkazdi
Buxoro viloyati prokurori aholi bilan ochiq qabul o‘tkazdi
Buxoro viloyatida aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni kuchaytirish, fuqarolarni qiynab kelayotgan tizimli muammolarni aniqlash hamda ularni qisqa muddatlarda hal etish maqsadida kuni kecha viloyat prokuraturasida navbatdagi shaxsiy qabul tashkil etildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.
Mazkur qabul U. Xamdamov tomonidan o‘tkazilib, unda jami 83 nafar jismoniy va yuridik shaxslar vakillari ishtirok etdi. Qabul jarayonida 29 nafar murojaatchiga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan 54 ta murojaat esa belgilangan tartibda ish yurituviga qabul qilindi.
Kelib tushgan murojaatlar asosan kredit ajratish, yer munosabatlari, elektr energiyasi ta’minoti, tergov va surishtiruv harakatlari, sog‘liqni saqlash, uy-joy masalalari, moddiy yordam, mulkiy nizolar hamda boshqa ijtimoiy-huquqiy yo‘nalishlarni qamrab olgan.
Viloyat prokurori tomonidan har bir murojaat qonuniylik, adolatlilik va fuqarolarning huquq hamda manfaatlarini ta’minlash nuqtayi nazaridan chuqur o‘rganilishi, mas’ul idoralar bilan hamkorlikda belgilangan muddatlarda hal etilishi ta’kidlandi. Qabul natijasida mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olindi.
O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq:
Jismoniy va yuridik shaxslar davlat organlariga, tashkilotlarga hamda ularning mansabdor shaxslariga ariza, taklif va shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Qonunga ko‘ra:
- murojaatlar 15 kungacha, qo‘shimcha o‘rganish talab etilganda esa 30 kungacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi;
- murojaatchiga murojaat natijalari bo‘yicha asoslantirilgan javob taqdim etilishi shart;
- murojaatlarni ko‘rib chiqishda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvor hisoblanadi.
Shuningdek, mansabdor shaxslar tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini buzish yoki e’tiborsiz qoldirish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


