Buxoro yangiliklari

Buxoroda “Salomatlik marafoni” boshlandi: minglab fuqarolar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda

pic
Foto: Buxoro viloyati SSB

Loading

Buxoro shahrida aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va profilaktikani kuchaytirishga qaratilgan “Salomatlik marafoni” ommaviy tadbiri o‘tkazilmoqda. Marafon 17-yanvar kuni shahar Diagnostika markazida start oldi. Bu haqda viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar qilmoqda.

Tadbir doirasida aholiga qulaylik yaratish maqsadida mobil poliklinika, ko‘chma DELFT rentgen apparati, mobil mammograf, ultratovush tekshiruvi (UTT), elektrokardiografiya (EKG), laboratoriya xizmatlari hamda ijtimoiy dorixona faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Murojaat qilgan fuqarolar to‘liq va bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

“Tez yordam” tashabbusi bilan 80 nafar yotoqdagi bemor, kam ta’minlangan aholi vakillari va urush faxriylari maxsus transport orqali tibbiy ko‘rikka olib kelindi. Tibbiyot institutining malakali shifokorlari ishtirokida jami 345 nafar fuqaro ko‘rikdan o‘tkazildi. Natijada:

  • 94 nafar fuqaroda kasallik aniqlandi,
  • 73 nafarga ambulator,
  • 11 nafarga stasionar davolanish tavsiya etildi,
  • 1 nafar bemor koronografiya tekshiruviga yo‘naltirildi.

Shu bilan birga, shahardagi 11 ta oilaviy poliklinikada bir vaqtning o‘zida kunlik tibbiy ko‘riklar tashkil etildi. Ushbu poliklinikalarda 3554 nafar aholi tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib, 25 nafarda birlamchi kasalliklar aniqlangan.

Marafon davomida yuqori texnologiyalar asosida murakkab amaliyotlar ham bajarildi. Jumladan, notoksik endemik zob tashxisi qo‘yilgan bemorda “strumektomiya” jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Yana bir bemor esa bugun, 19-yanvar kuni “gastroenteroanastomoz” operatsiyasiga tayyorlanmoqda.

Bundan tashqari, shahardagi 45 ta maktabda faoliyat yuritayotgan 63 nafar maktab hamshirasi uchun:

  • reproduktiv salomatlik,
  • sog‘lom turmush tarzi,
  • tibbiy savodxonlik

yo‘nalishlarida o‘quv mashg‘ulotlari, shuningdek qandli diabet, yurak-qon tomir kasalliklari va ayollar salomatligi bo‘yicha amaliy workshoplar tashkil etildi.

Axborot-ta’lim ishlari doirasida 7 ta LED ekran, 3 ta mikroavtobus va 2 ta maxsus mobil uskuna orqali targ‘ibot ishlari olib borilib, 1 299 dona tarqatma material tarqatildi. Ushbu materiallar bilan 3899 nafar aholi tanishdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, shu kungacha “Salomatlik marafoni” doirasida 38 456 nafar fuqaro tibbiy xizmatlar bilan qamrab olingan. Ayniqsa, kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan fuqarolar alohida e’tiborga olinib, ayrimlariga bepul davolanish uchun yo‘llanmalar berilgan.

Qayd etish o‘rinli-ki, “Salomatlik marafoni” Buxoro shahrida 5-fevralga qadar davom etadi. Tadbir aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishda muhim amaliy ahamiyat kasb etmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.