Mashhurlar

Mashhur san’atkorlarni to‘yga chaqirish necha pulga tushadi?

pic
Foto: Daryo

Loading

O‘zbek xalqi to‘y-u xursandchiligida eng mashhur san’atkorlar kelib xizmat qilishini ko‘ngliga tugib qo‘yadi. Xo‘sh, to‘ylarga sevimli san’atkorini taklif qilish muxlislarga qanchaga tushadi? Daryo bu haqda ma’lumotlarni taqdim etdi.

Sevinch Mo‘minova

Foto: Instagram

Xonanda Sevinch Mo‘minova poytaxt to‘ylaridagi “birrov”ga 700 dollarga boradi. To‘yda 1 soat xizmat qilib berishi 2 500 dollar, korporativ bayramlarga 1 000 dollar evaziga boradi.

Yorqinxo‘ja Umarov

Foto: Instagram

To‘ylarga eng ko‘p chaqiriladigan xonandalardan biri Yorqinxo‘ja Umarovning “birrov” xizmati narxi 600 dollar. U navbatchi sifatida xizmatlarga bormaydi.

Mavluda Asalxo‘jayeva

Foto: Instagram

Mavluda Asalxo‘jayevaning poytaxt to‘ylaridagi “birrov” xizmati narxi 600 dollar qilib belgilangan. To‘y va tadbirlarni boshidan oxirigacha o‘tkazib berishi esa 3 500 dollarga baholanadi.

Ziyoda

Foto: Instagram

Agar to‘yingizga xonanda Ziyodani chaqirmoqchi bo‘lsangiz, 700 dollarni tayyorlab qo‘ying. U tantana va marosimlarni 5 000 dollar evaziga boshidan oxirigacha o‘tkazib beradi.

Ulug‘bek Rahmatullayev

Foto: Instagram

Ulug‘bek Rahmatullayev 700 dollar evaziga to‘yingizga kelib, 4-5 ta qo‘shiq kuylab beradi. Xonanda navbatchi sifatida to‘ylarga chiqmaydi.

G‘aybulla Tursunov

Foto: Instagram

Bugungi kunning hitmeykeri G‘aybulla Tursunovning “Quralay”, “Janona” kabi qo‘shiqlariga 700 dollar haq to‘lash kerak bo‘ladi. U navbatchi xonanda sifatida to‘ylarga chiqmaydi.

Nilufar Usmonova

Foto: Instagram

Xonanda Nilufar Usmonovaning poytaxt to‘ylaridagi “birrov”i narxi 800 dollar. U ham boshqa ko‘plab hamkasblari singari to‘ylarda navbatchilik qilmaydi.

Hamdam Sobirov

Foto: Instagram

To‘ybop qo‘shiqlari bilan Hamdam Sobirov “birrov”larga 1 000 dollar evaziga boradi. Tadbirlarga esa navbatchi xonanda sifatida bormaydi.

Botir Qodirov

Foto: Instagram

Xonanda Botir Qodirov 1 000 dollar evaziga Toshkentdagi “birrov”larga chiqib beradi. U tantanangizni boshidan oxirigacha 5 000 dollar evaziga o‘tkazib beradi.

Farrux Fazel

Foto: Instagram

“Bor” qo‘shig‘i bilan omma e’tiborga tushgan xonanda Farrux Fazelning “birrov” xizmati 1 200 dollar. U korporativ bayramlarga 2 500 dollar evaziga boradi.

Shohruxxon

Foto: Instagram

To‘yingizga Shohruxxon kelishini istasangiz, 1 200 dollarni tayyorlab qo‘ying. U navbatchi xonanda sifatida to‘ylarga bormaydi.

Farrux Zokirov

Foto: Instagram

O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovning poytaxtdagi “birrov”larda bir nechta xit qo‘shig‘ini kuylab berishi narxi — 2 000 dollar. Navbatchi xonanda sifatida u “Yalla” guruhining to‘liq tarkibida 10 000 dollar evaziga to‘y-u tantanalarga chiqadi.

Rashid Xoliqov

Foto: Instagram

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqov Toshkent to‘ylariga “birrov”ga 13 00 dollar evaziga tashrif buyuradi. Korporativ yig‘ilishlarga esa 2 500 – 3 500 evaziga kelib, sho‘x qo‘shiqlarini kuylab ketadi.

Shohjahon Jo‘rayev

Foto: Instagram

Shohjahon Jo‘rayevning to‘ylarda “birrov”ga xizmat qilishi bahosi 1 300 – 14 00 dollar. 6 000 dollar evaziga esa jonli ijrodagi qo‘shiqlari bilan marosimlarni boshidan oxirigacha o‘tkazib beradi.

Munisa Rizayeva

Foto: Instagram

Xonanda Munisa Rizayeva 1 600 dollar evaziga poytaxt to‘ylarida eng to‘ybop qo‘shiqlaridan 4-5 tasini kuylab ketadi. U navbatchi xonanda sifatida to‘y-u marosimlarga bormaydi.

Tohir Sodiqov

Foto: Instagram

“Kel yashaylik biz birga”, “Xayolim senda” kabi qo‘shiqlarga raqsga tushmoqchi bo‘lsangiz, Tohir Sodiqovning “birrov” xizmatiga 2 000 dollar to‘lash kerak. Xonanda korporativ bayramlarda 15 daqiqa qo‘shiq kuylab berishi uchun esa 5 000 dollar to‘lanadi.

Jaloliddin Ahmadaliyev

Foto: Instagram

Farg‘onalik xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev Toshkent to‘ylarida jonli ijroda 10-12 ta qo‘shiq aytib berishi 4 000 dollarga baholangan. U korporativ yig‘ilishlarni ham xuddi shu narxda o‘tkazib beradi.

Ozoda Nursaidova

Foto: Instagram

O‘zbekiston xalq artisti Ozoda Nursaidova to‘y-tantanalarga borib, “birrov”ga xizmat qilib kelishi narxi 1 500 dollar. Tadbirni boshidan oxirigacha o‘tkazib berishi esa 6 000 dollarga baholangan.

Yulduz Usmonova

Foto: Instagram

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Toshkent to‘ylarida “birrov”ga xizmat qilish narxini 2 000 dollar etib belgilagan. 12 000 dollar evaziga esa to‘yni boshidan oxirigacha o‘tkazib beradi. Korporativ yig‘ilishlarga chaqirish narxi 3 000 dollar.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.