Buxoro yangiliklari
Buxorodagi “metan zapravkalar” faoliyati cheklandi
Havo harorati pasayishi sababli “metan zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritildi.
Bu haqda Energetika vazirligi xabar qilmoqda.
Shu kunlarda ite’molchilarni energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida energetika tizimi 24 soatlik kuchaytirilgan ish rejimida faoliyat yuritmoqda.
Hududlarda ishlarning borishi doimiy nazoratda bo‘lib, yuzaga kelayotgan nosozliklar zudlik bilan bartaraf etilmoqda.
Havo haroratining keskin pasayishi sababli tabiiy gazga bo‘lgan talab oshgani bois ayrim hududlarda quvurlarda gaz bosimining pasayishi kuzatilmoqda.
Aholi xonadonlari, tibbiyot va ta’lim muassasalarini birinchi navbatda tabiiy gaz bilan ta’minlash ustuvor vazifa hisoblanadi.
Shu sababli, respublikamizdagi, shu jumladan Buxoro viloyatidagi barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari “metan zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritildi.
Bu choralar faqat sovuq kunlarda aholi uchun barqaror ta’minotni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, vaziyat barqarorlashishi bilan cheklovlar bekor qilinadi.
Hududlardagi vaziyatga qarab qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Shu bilan birga, aholi ehtiyojlarini ta’minlash maqsadida ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi hamda jamoat transport vositalari uchun gaz ta’minoti cheklovlarsiz, barqaror tarzda ta’minlanadi. Ushbu yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan transport vositalarining uzluksiz ishlashi aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini saqlab qolishda muhim ahamiyat kasb etadi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


