Buxoro yangiliklari

Tungi xizmatlar e’tiborda: G‘ijduvonda reyd

pic
Foto: Buxoro viloyati IIB

Loading

G‘ijduvonda tungi xizmatlar tekshirildi: jamoat xavfsizligi nazorat ostida

G‘ijduvon tumanida jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan tungi xizmat faoliyati G‘ijduvon tumani IIB rahbariyati tomonidan joyida o‘rganildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar qilmoqda.

Tekshiruv davomida tumandagi obyektlarda xizmat olib borayotgan xodimlarning xizmat intizomi, belgilangan vazifalarga rioya etish darajasi, shuningdek, tungi vaqtda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xodimlarning hushyorligi, xizmatni tashkil etish sifati va navbatchilik jarayonidagi muhim jihatlar alohida tahlil qilindi.

Shuningdek, tekshiruv jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, xizmat samaradorligini oshirish hamda tungi vaqtda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha mas’ullarga aniq va amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Mutasaddilar mazkur tadbirlar huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jamoat xavfsizligini yanada mustahkamlash va fuqarolarning tinch-osoyishta hayotini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ichki ishlar organlari tomonidan tungi xizmatni kuchaytirish amaliyoti jinoyat va huquqbuzarliklarning “issiq izida” fosh etilishiga, shuningdek, profilaktik nazoratning samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Xususan, tungi vaqtda patrullik va navbatchilik faoliyatining to‘g‘ri tashkil etilishi jamoat joylarida sodir bo‘ladigan mayda huquqbuzarliklar sonini kamaytirish hamda favqulodda holatlarga tezkor munosabat bildirish imkonini bermoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.