O‘zbekiston
Qish nihoyat o‘z so‘zini aytadi: yanvar oxirida sovuq va qor kuchayadi
Yanvar oyining uchinchi o‘n kunligi O‘zbekistonda haqiqiy qish manzaralari bilan kechishi kutilmoqda. Mutaxassislar prognoziga ko‘ra, bu davrda ob-havo odatdagidan sovuqroq va namgarchiliklarga boy bo‘ladi. Xususan, 22-yanvar kuni navbatdagi qor yog‘ishi ehtimoli yuqori baholanmoqda.
Faqat markaziy hududlar emas, balki Andijon va Namangan viloyatlarida ham yerlarni oppoq qor qoplashi kutilmoqda.
Ob-havodagi bu o‘zgarishlarga Sibir antitsiklonining chekka ta’siri sabab bo‘lmoqda. Aynan shu atmosfera jarayoni yanvarning uchinchi dekadasida mintaqada sovuq havo oqimlari ustun bo‘lishini ta’minlab, namlik bilan birga qorli kunlar sonini oshiradi.
Prognozlarga ko‘ra, ushbu davrda katta qishloq xo‘jaligi maydonlari haqiqiy qishki tinim bosqichiga kiradi. Ko‘plab hududlarda sutkalik o‘rtacha havo harorati 0 darajadan past bo‘lib, tunlari ayrim joylarda -10 darajadan ham past sovuqlar qayd etilishi mumkin.
Yanvar oxirida mintaqaga 2 marotaba nam havo oqimi kirib kelishi ehtimoli mavjud:
- birinchi to‘lqin — 21–22-yanvar,
- ikkinchisi — 26–27-yanvar kunlariga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Aynan ushbu sanalarda qor yog‘ishi ko‘proq kuzatiladi, prognozlarga ko‘ra esa asosiy qor yog‘ishi 22-yanvar kuni sodir bo‘lishi kutilmoqda.
Mutaxassislar sovuq va qorli kunlar sababli haydovchilarni yo‘llarda ehtiyotkor bo‘lishga, aholini esa ob-havo keskinlashuviga tayyor turishga chaqirmoqda. Yanvar oxiri qishning haqiqiy qiyofasini namoyon etishi mumkin.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


