Buxoro yangiliklari

Buxoroda irrigatsiya kanallarini betonlashtirishda jiddiy kamchiliklar fosh etildi

pic
Foto: viloyat QUJKXS hududiy inspeksiyasi

Loading

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 660-sonli qaroriga muvofiq, Buxoro viloyatida umumiy uzunligi 63,6 kilometr bo‘lgan 6 ta irrigatsiya tarmog‘ini betonlashtirish ishlari belgilangan. Mazkur loyihalar ijrosi doirasida hududiy nazorat tadbirlari kuchaytirildi.

Jondor tumanida aniqlangan holatlar

Viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan Jondor tumani “Qaroli” MFY hududidan o‘tuvchi “Zarafshon” kanali rekonstruksiyasi tekshirildi. O‘rganishlar davomida pudratchi “VARAXSHA-MAXSUSQURILISH” MChJ tomonidan bir qator qo‘pol kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

pic 02

Xususan:

  • kanalning ayrim uchastkalarida tuproq zichligi bo‘yicha laboratoriya xulosalari olinmasdan betonlashtirish ishlari bajarilgan;
  • yopiq ishlar dalolatnomalari rasmiylashtirilmagan;
  • tuproqni zichlashtirish uchun maxsus suv sepish texnikasi jalb qilinmagan;
  • beton qalinligi va geometrik o‘lchamlar loyiha talablariga mos kelmagan.

Natijada, pudrat tashkiloti rahbariga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sifatsiz bajarilgan ishlar pudratchi mablag‘i hisobidan to‘liq bartaraf etildi.

Peshku tumanida ham qonunbuzilishlar

pic 03

Shuningdek, Peshku tumani “Sadir” MFY hududidagi “Varaxsho” kanali rekonstruksiyasi jarayonida ham kamchiliklar qayd etildi. Bu yerda ish olib borgan “BUKHARA STAR BUILD” MChJ loyiha va me’yoriy hujjatlar talablariga amal qilmagan.

Tekshiruvda:

  • laboratoriya sinovlari va yopiq ishlar dalolatnomalarisiz beton ishlari bajarilgani;
  • qurilish maydonida xavfsizlik talablariga zid ravishda texnika g‘ildiraklarini yuvish uchun maxsus joylar tashkil etilmagani

aniqlandi. Pudrat tashkiloti rahbariga nisbatan ham belgilangan tartibda choralar ko‘rildi va sifatsiz ishlar to‘liq qayta bajarildi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bunday nazorat tadbirlari irrigatsiya obyektlarining uzoq muddatli va sifatli xizmat qilishini ta’minlash, byudjet mablag‘larining samarasiz sarflanishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.