Buxoro yangiliklari
Shofirkonda yosh oilalar uchun amaliy yordam
Shofirkon tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi huzuridagi “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi” tomonidan navbatdagi ezgu tashabbus amalga oshirildi.
Markaz va hamkor tashkilotlar ishtirokida o‘tkazilgan qisqa muddatli o‘quv kurslari yakuniga yetib, unda qatnashgan 25 nafar yosh juftlikga sertifikatlar topshirildi. Bu hujjat ular uchun oilaviy hayot sari qo‘yilgan muhim va mas’uliyatli qadam ramziga aylandi.
O‘quv kurslari davomida yoshlar bugungi zamonaviy oilaga xos muhim masalalar bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi. Jumladan, oilaviy-huquqiy munosabatlar, turmush psixologiyasi, reproduktiv salomatlik, oila byudjetini yuritish, ota-onalik mas’uliyati hamda ma’naviy-axloqiy qadriyatlar haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday o‘quv kurslari yosh oilalarda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizolarni oldindan bartaraf etishga xizmat qiladi. Mashg‘ulotlar davomida juftliklarga muammolarni muloqot orqali hal qilish, o‘zaro hurmat va ishonchni mustahkamlash yo‘llari o‘rgatildi. Shuningdek, oilaviy mas’uliyat faqat moddiy ta’minot bilan cheklanmasligi, balki ruhiy qo‘llab-quvvatlash ham muhim ekani alohida ta’kidlandi.
Yoshlar oila qurishda shoshqaloqlikdan yiroq bo‘lish, qarorlarni ongli ravishda qabul qilish zarurligini anglab yetdi. Treninglar jarayonida real hayotiy misollar muhokama qilinib, savol-javoblar o‘tkazildi. Bu esa ishtirokchilarning mavzularni chuqurroq tushunishiga yordam berdi.
Tadbir yakunida yoshlar o‘z fikr va taassurotlarini bildirib, bunday kurslar kelgusida ham muntazam tashkil etilishi lozimligini qayd etdi. Mutasaddilar esa mazkur tashabbus sog‘lom, mustahkam va baxtli oilalar sonini ko‘paytirishga xizmat qilishini bildirdi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


