Buxoro yangiliklari

2026-yilda Buxoroda nechta maktabda mukammal ta‘mirlash ishlari olib boriladi?

pic
Foto: Buxoro villyati MMTB

Loading

Buxoro viloyatidagi 154 ta ta’lim muassasasida qurilish-ta’mirlash ishlari olib boriladi

2026-yilda Buxoro viloyatida ta’lim sifatini yanada oshirish, bolalar va o‘quvchilar uchun zamonaviy hamda xavfsiz ta’lim muhitini yaratish maqsadida keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan. Xususan, 104 ta umumta’lim maktabi va 50 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti — jami 154 ta ta’lim obyektida ishlar amalga oshiriladi.

Qurilish-ta’mirlash ishlari bir nechta dasturlar asosida olib borilmoqda. Jumladan:

  • Investitsiya dasturi doirasida — 27 ta obyekt (22 ta maktab, 5 ta MTT),
  • Vazirlar Mahkamasining 300-sonli qarori asosida — 66 ta obyekt (42 ta maktab, 24 ta MTT),
  • OPEK dasturi asosida — 61 ta obyekt (40 ta maktab, 21 ta MTT).

Rejalarga ko‘ra, 3 ta obyekt yangidan quriladi, 84 tasi rekonstruksiya qilinadi, 67 tasi esa mukammal ta’mirdan chiqariladi. Ushbu ishlar uchun 938,5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan bo‘lib, natijada 18 771 nafar o‘quvchi va 4 390 nafar tarbiyalanuvchi uchun qo‘shimcha o‘rinlar yaratiladi. Hozirda qurilish-ta’mirlash jarayonlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, mazkur loyihalar nafaqat binolarni yangilash, balki ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Yangi va ta’mirlangan muassasalarda energiya tejamkor texnologiyalar, zamonaviy sinf xonalari va xavfsizlik tizimlari joriy etilishi rejalashtirilgan. Bu esa o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilarning salomatligi hamda bilim olish samaradorligini oshiradi. Shuningdek, pedagoglar uchun ham qulay ish sharoitlari yaratilishi kutilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.