Özbekiston

“Mahalla yettiligi” endi hokimlar tomonidan lavozimga tayinlanadi

pic
Foto: Prezident.uz

Loading

“Mahalla yettiligi” faoliyatida yangi tartiblar joriy etiladi

2026-yil 1-iyuldan boshlab “Mahalla yettiligi” a’zolarini lavozimga tayinlash va ozod etish tartibida muhim o‘zgarishlar kuchga kiradi. Endilikda hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim va soliq inspektori tegishli tashkilotlar taqdimnomasiga asosan tuman (shahar) hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadi. Ularni lavozimidan ozod etish esa fuqarolar yig‘ini raisining taqdimnomasiga binoan amalga oshiriladi.

Shuningdek, loyihaga muvofiq, 500 ta mahallada tajriba tariqasida “mahalla yettiligi” vakillarini aynan o‘sha mahallada yoki yondosh mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar orasidan tayinlash amaliyoti joriy etiladi. Bu tashabbus mahalla muammolarini ichidan biladigan, hudud aholisi bilan bevosita aloqada bo‘lgan mutaxassislar faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan.

Yangi tartibga ko‘ra, “mahalla yettiligi” a’zolarini yig‘ilishlar, tadbirlar va boshqa jarayonlarga jalb qilish faqat fuqarolar yig‘ini raisining roziligi bilan amalga oshiriladi. Eng muhimi, ularning xizmat vazifalari va faoliyat yo‘nalishiga aloqador bo‘lmagan topshiriqlarni yuklash qat’iyan taqiqlanadi.

Mazkur talablar buzilgan taqdirda, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining mas’ul hamda mansabdor shaxslariga nisbatan intizomiy choralar ko‘rish, hatto egallab turgan lavozimidan ozod etish bo‘yicha har oyda Bosh vazirga takliflar kiritib borilishi belgilangan.

Ushbu o‘zgarishlar “mahalla yettiligi” vakillarining mustaqilligini ta’minlash, ularning asosiy vazifalariga e’tibor qaratish va mahallalarda samarali boshqaruv tizimini shakllantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.