Buxoro yangiliklari

Qorako‘l, Romitan va Buxoro tumanlarida hisoblagichni chetlab o‘tib gazdan foydalanish holatlari aniqlandi (video)

pic
Foto: “Hududgaz Buxoro” GTF

Loading

Buxoro viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlariga qarshi qat’iy choralar ko‘rilmoqda. “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali mahalla iste’molchilari bilan ishlash bo‘limi xodimlari tomonidan joylarda muntazam reyd tadbirlari tashkil etilib, qonunbuzarliklar aniqlanmoqda.

Xususan, Romitan tumanining “Bog‘isayidon” MFYda yashovchi fuqaro Y.O. tabiiy gaz hisoblagichini chetlab o‘tgan holda gazdan foydalangani aniqlangan. Olib borilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu noqonuniy harakat natijasida gaz ta’minoti korxonasiga 32 million 916 ming so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.

Shuningdek, Buxoro tumanining “Sheyxoncha” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro M.H.ning xonadoni tungi reyd davomida tekshirilgan. Tekshiruv natijasida iste’molchi tomonidan 77 million 527 ming so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.

Yana bir holat Qorako‘l tumanining “Tashabbus” MFYda qayd etildi. Fuqaro T.H. o‘z xonadonida hisoblagichdan tashqari, rezina shlang orqali “zangori yoqilg‘i”dan noqonuniy foydalangan. Mazkur holat bo‘yicha 16 million 242 ming so‘mlik tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi.

Aniqlangan barcha qonunbuzarliklar yuzasidan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi. Mutasaddilar ta’kidlashicha, bunday reyd tadbirlari bundan buyon ham izchil davom ettirilib, tabiiy gazdan oqilona va qonuniy foydalanishni ta’minlash ustuvor vazifa bo‘lib qoladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.