Mashhurlar
Aktrisa Barchin G‘ofurova: “Qulog‘imga kimdir, o‘zingni o‘ldir, deb shivirlardi”
Baxt ovchisi” serialidagi obrazi bilan tomoshabinlar e’tiboriga tushgan aktrisa Barchin G‘ofurova “Sayyod” YouTube kanaliga bergan intervyusida bundan bir necha yil avval ismini o‘zgartirishiga sabab bo‘lgan voqea haqida aytib berdi. Daryo shular haqida yozmoqda.
— Ba’zi insonlarga ismi og‘ir keladi. Bundan bir necha yil avval men Umida edim, ma’lum sabablarga ko‘ra ismimni o‘zgartirishimga to‘g‘ri kelgan.
Gap shundaki, bir yigit bilan 9 yil sevishib yurganmiz. Uning oila a’zolari meni kelin qilishni istamagan. Aktrisa bo‘lganim uchun meni xohlashmagan. Shuning uchun ham ismimga “issiq-sovuq” qilishgan. Issiq-sovuqdan keyin men juda og‘ir ahvolga tushib qolganman. Buni biz tomonda “vos-vos” deyishadi. Bu narsa ta’sirida bir necha marta o‘z jonimga qasd qilishga urinib, tomirimni ham kesganman.
Bu juda og‘ir vaziyat ekan. Ishonasizmi, mana yo‘l turibdi, men yo‘lning o‘rtasida turib, mashinaning tagiga o‘zimni tashlasam, qanday qilib o‘laman, deb o‘ylaydigan bo‘lib qoldim. Onam olib bormagan shifokori qolmadi, oxiri ular ham “Bu bizning kasalimiz emas” deyishdi.
Hushim o‘zimda emas. O‘sha yillari to‘yga chiqardim, miyam bitta o‘chib yonib, qo‘shib kuylab turgan joyimda “Bu yerda men nima qilyapman?”, deb o‘ylaydigan bo‘lib qoldim.
Qulog‘imga kimdir “O‘zingni o‘ldir”, deb shivirlagan paytlari bo‘lgan. Shu tarzda 2018—2019-yillarda ismimni Barchinga o‘zgartirganman, deydi aktrisa.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


