Buxoro yangiliklari

Buxoroda “aqlli” hisoblagichlarni o‘rnatish davom etmoqda

photo 169

Loading

Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida tabiiy gaz iste’molchilari uchun zamonaviy hisoblagichlar o‘rnatilmoqda. Asosiy maqsad qarzdorlikning oldini olish, turli murojaatlarga hojat qoldirmaslik hamda fuqarolarning to‘lov madaniyatini shakllantirish barobarida ularga qulaylik yaratishdan iborat ekan, Buxoro viloyatida ham bu borada keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda, –deya xabar qilmoqda “Hududgaz Buxoro”. Xususan, Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi 19 000 dan ortiq tabiiy gaz iste’molchilariga “aqlli” hisoblagichlar bosqichma-bosqich o‘rnatilmoqda.

Bugunga qadar Buxoro tumanidagi “Rabotak”, “Sheyxon”, “Ko‘chkumar” MFYda hisoblagich bilan bog‘liq amaliy ishlar yakuniga yetkazildi. Umumiy hisobda tumandagi jami 9 mingga yaqin xonadon hisoblagich bilan ta’minlandi. Bu esa ularning imkoniyatlarini kengaytirish qatori qarzdorlikning oldini olishda ham muhim ko‘makdir.

Bevosita 12 ta ko‘chani o‘z ichiga olgan “Mustaqillik” MFY aholisiga hisoblagichlarning o‘rnatilish jarayonlari bizni qiziqtirdi. Jarayon davomida “Buxorotumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari ushbu hududdagi 579 ta xonadon hamda 13 ta xonadonni o‘z ichiga olgan 2 qavatli uylarda hisoblagichlarni o‘rnatish barobarida undan oqilona foydalanish, qarzdorlik to‘lovini vaqtida amalga oshirish lozimligi, muhimi, to‘lov haqidagi sms xabarlariga e’tibor bilan yondashish zarurligi to‘g‘risida olib borayotgan tushuntirish ishlarining guvohi bo‘ldik.

photo 170

“Mahalla fuqarolar yig‘inining Yangiobod va Fitrat ko‘chalarida yashovchi iste’molchilar bunday imkoniyatlardan, yangilanishlar minnatdor”, –deydi “Mustaqillik” MFY raisi Ra’no O‘rinova, – har bir fuqaro bilan suhbatlashamiz, suhbat jarayonida ular hisoblagichning qulayligi, muhimi, xavfsizligi haqida ham gapirib o‘tishadi. Quvonarlisi, bugungi kunga qadar hisoblagichni o‘rnatishdan bosh tortayotganlar yo‘q, barcha xursand, ayniqsa, xavfsizlikning ta’minlanishi ularga zo‘r imkoniyat bo‘ldi”.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.