Buxoro yangiliklari

Kogondagi maktabda xorijlik o‘qituvchi dars bera boshladi

pic
Foto: Kogon tumani hokimligi

Loading

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitish sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu jarayon endilikda nafaqat yirik shaharlar, balki tuman va qishloq maktablarida ham amalda o‘z samarasini bermoqda.

Shu yo‘nalishdagi ishlar doirasida Kogon tumanidagi 18-umumta’lim maktabida xorijlik pedagog faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Hindistonlik malakali o‘qituvchi Gloriya Joy Poruthur ushbu maktabda ingliz tili fanidan dars bera boshladi.

Xorijlik mutaxassis asosan yuqori sinf o‘quvchilari bilan ishlaydi. Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarning ingliz tilida erkin so‘zlashish, yozma nutqni rivojlantirish hamda xalqaro muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Maktab jamoasi ta’kidlashicha, xorijlik o‘qituvchining dars berishi ta’lim jarayoniga yangi metodlar, zamonaviy yondashuvlar va xalqaro tajribani olib kiradi. Bu esa o‘quvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

pic 03

Gloriya Joy Poruthur maktab ma’muriyati, o‘qituvchilar va o‘quvchilar tomonidan iliq kutib olinib, uning faoliyati ta’lim sifatini yanada yaxshilashga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.