Buxoro yangiliklari

Buxorolik Javohir Bozorov shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempioni bo‘ldi

pic
Foto: O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi

Loading

Joriy yilning 24–30-yanvar kunlari Navoiy viloyatida 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqa O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hamda Navoiy viloyati hokimligi hamkorligida To‘dako‘l Xalqaro shaxmat maktabida tashkil etildi.

Chempionat yigitlar va qizlar o‘rtasida alohida guruhlarda o‘tkazildi. Har bir guruhda 12 nafardan shaxmatchi aylanma tizimda, standart yo‘nalishda 11 tur davomida bahs olib bordi. Musobaqalar yuqori raqobat va keskin kurashlar ostida kechdi.

Mazkur chempionatda Xalqaro shaxmat akademiyasi o‘quvchisi, buxorolik Javohir Bozorov yorqin ishtirok etdi. U 10 tur yakuniga ko‘ra 8,5 ochko jamg‘arib, eng yaqin raqiblaridan 2 ochko farq bilan muddatidan oldin “O‘zbekiston chempioni” unvonini qo‘lga kiritdi.

Qayd etish joiz, ushbu musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan shaxmatchilar 2026-yilda erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkaziladigan O‘zbekiston chempionati (oliy liga)da ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi. Javohir Bozorovning ushbu yutug‘i Buxoro shaxmat maktabi uchun ham muhim natija sifatida baholanmoqda.

Shaxmat inson tafakkurini rivojlantiradigan eng samarali aqliy o‘yinlardan biridir. U mantiqiy fikrlash va tahlil qilish qobiliyatini kuchaytiradi. Shaxmat bilan muntazam shug‘ullanish xotirani mustahkamlaydi va diqqatni jamlashni o‘rgatadi. O‘yin jarayonida inson oldindan reja tuzish va oqibatlarni hisoblashga odatlanadi. Bu esa hayotdagi muhim qarorlarni qabul qilishda katta yordam beradi.

Shaxmat sabr-toqat va bardoshlilikni tarbiyalaydi. U stressni kamaytirib, ruhiy barqarorlikni oshiradi. Yoshlar uchun shaxmat intizom va mas’uliyat hissini shakllantiradi. Kattalar uchun esa aqliy faollikni saqlab qolishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois shaxmat nafaqat sport, balki fikrlash madaniyatini rivojlantiruvchi maktab hisoblanadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.