Buxoro yangiliklari
Asli vobkentlik Suhrobjon Bobokalonov Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi
Buxoro viloyati turizm boshqarmasi boshlig‘i lavozimida samarali faoliyat yuritib kelgan Suhrobjon Bobokalonov O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Kuni kecha ushbu tayinlov munosabati bilan Buxoro viloyati turizm boshqarmasida Suhrobjon Bobokalonovni tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda uning viloyatda turizm sohasini rivojlantirish, hududning sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib qilish, infratuzilmani yaxshilash va xizmatlar sifatini oshirish yo‘lidagi samarali faoliyati alohida e’tirof etildi.

Suhrobjon Bobokalonov 1981-yilda Vobkent tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy — Buxoro davlat universiteti bitiruvchisi, Parij diplomatiya universiteti magistranti. Mutaxassisligi adabiyotshunos (fransuz tili), filologiya fanlari nomzodi, dotsent. Oilali, 3 nafar farzandi bor.
Buxoroisharif.uz internet nashri S. Bobokalonovga yangi mas’uliyatli lavozimida ulkan muvaffaqiyat, mustahkam sog‘lik va yuksak zafarlar tilaydi.
Bugun Buxoro nafaqat tarixiy obidalari, balki rang-barang madaniy tadbirlari bilan ham sayyohlarni o‘ziga tortmoqda. Har yili minglab xorijiy va mahalliy mehmonlar qadimiy Ark qo‘rg‘oni, Poyi Kalon majmuasi, Labi hovuz ansambli va Chor-Bakr, Sitorai Mohi Xossa, Yetti pir kabi maskanlarni ziyorat qiladi. So‘nggi yillarda viloyatda turizmni jonlantirish maqsadida ko‘plab festivallar yo‘lga qo‘yildi.
Xususan, har 2 yilda bir marotaba o‘tkaziladigan “Ipak va ziravorlar” festivali Buxoroning milliy taomlari, hunarmandchiligi va musiqiy merosini keng namoyish etadi. Xuddi shunday “Xalqaro zardo’zlik va zargarlik” festivali esa mehmonlarni tarixiy muhitga olib kirib, milliy urf-odatlar bilan yaqindan tanishtiradi.
Shuningdek, ziyorat turizmi, gastronomik va ekoturizm yo‘nalishlari ham jadal rivojlanmoqda. Turizm infratuzilmasining kengayishi, yangi mehmonxonalar va servislar ochilishi viloyat iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Mutaxassislar fikricha, kelgusi yillarda Buxoro Markaziy Osiyodagi eng jozibador sayyohlik markazlaridan biriga aylanish salohiyatiga ega.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


