O‘zbekiston
“Propiska” ma’lumotini onlayn tuzatish xizmati yo‘lga qo‘yildi
Hukumat qarori bilan fuqarolarning yashash joyi manzili hamda mulkdorga tegishli ko‘chmas mulkda ro‘yxatda turgan shaxslar haqidagi ma’lumotlardagi xatolarni tuzatish (tahrirlash) bo‘yicha yangi davlat xizmati joriy etildi.
2026-yil 30-yanvardagi 38-son qarorga muvofiq, “O‘zbekiston fuqarolarining yashash joyi manzilini hamda ularga tegishli ko‘chmas mulkda yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahrirlash” bo‘yicha ma’muriy reglament tasdiqlandi.
Xizmat qaysi holatlarda ko‘rsatiladi?
- fuqaroning murojaati asosida tizimda noto‘g‘ri kiritilgan yashash joyi manzilini tahrirlash va yangilangan qayd varag‘ini berish;
- mulkdorning murojaati asosida uning ko‘chmas mulkida ro‘yxatda turgan shaxslar haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotlarni tahrirlash va manzil bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganlar haqida yangilangan ma’lumotnoma berish.
Mazkur xizmatni ko‘rsatish bo‘yicha vakolatli organ sifatida Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti hamda uning hududiy bo‘linmalari belgilandi.
Qanday murojaat qilish mumkin?
- vakolatli organga yoki Davlat xizmatlari markaziga shaxsan murojaat qilish orqali;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali elektron shaklda.
Vakolatli organga kelib tushgan so‘rovnoma 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Ma’lumotlar o‘rganilib, tahrirlangan qaydlar tizim orqali QR-kod bilan tasdiqlanadi va shu kunning o‘zida ariza beruvchiga xabarnoma yuboriladi.
Yangi tartib aholiga qulaylik yaratish, manzil va ro‘yxatga olish ma’lumotlaridagi xatolarni tezkor bartaraf etish hamda davlat xizmatlarida shaffoflikni oshirishga xizmat qiladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


