Özbekiston

“Propiska” ma’lumotini onlayn tuzatish xizmati yo‘lga qo‘yildi

picture
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Hukumat qarori bilan fuqarolarning yashash joyi manzili hamda mulkdorga tegishli ko‘chmas mulkda ro‘yxatda turgan shaxslar haqidagi ma’lumotlardagi xatolarni tuzatish (tahrirlash) bo‘yicha yangi davlat xizmati joriy etildi.

2026-yil 30-yanvardagi 38-son qarorga muvofiq, “O‘zbekiston fuqarolarining yashash joyi manzilini hamda ularga tegishli ko‘chmas mulkda yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahrirlash” bo‘yicha ma’muriy reglament tasdiqlandi.

Xizmat qaysi holatlarda ko‘rsatiladi?

  • fuqaroning murojaati asosida tizimda noto‘g‘ri kiritilgan yashash joyi manzilini tahrirlash va yangilangan qayd varag‘ini berish;
  • mulkdorning murojaati asosida uning ko‘chmas mulkida ro‘yxatda turgan shaxslar haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotlarni tahrirlash va manzil bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganlar haqida yangilangan ma’lumotnoma berish.

Mazkur xizmatni ko‘rsatish bo‘yicha vakolatli organ sifatida Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti hamda uning hududiy bo‘linmalari belgilandi.

Qanday murojaat qilish mumkin?

  • vakolatli organga yoki Davlat xizmatlari markaziga shaxsan murojaat qilish orqali;
  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali elektron shaklda.

Vakolatli organga kelib tushgan so‘rovnoma 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Ma’lumotlar o‘rganilib, tahrirlangan qaydlar tizim orqali QR-kod bilan tasdiqlanadi va shu kunning o‘zida ariza beruvchiga xabarnoma yuboriladi.

Yangi tartib aholiga qulaylik yaratish, manzil va ro‘yxatga olish ma’lumotlaridagi xatolarni tezkor bartaraf etish hamda davlat xizmatlarida shaffoflikni oshirishga xizmat qiladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.