Buxoro yangiliklari
Bojxona, DXX va IIB reydi: Buxoroda noqonuniy qurol va portlovchi moddalar muomilasining oldi olindi (video)
Buxoro viloyatida huquq-tartibot idoralari tomonidan noqonuniy qurol-aslaha va portlovchi moddalarning tarqalishiga qarshi qat’iy choralar ko‘rilmoqda. Viloyat bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirlar natijasida bir nechta qonunbuzarlik holatlari aniqlandi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, Romitan tumanida amalga oshirilgan reyd davomida fuqaro R.S. ga tegishli uy va yordamchi inshootlar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv jarayonida temirdan yasalgan idishda saqlanayotgan, vazni qariyb 150 gr tashkil etuvchi poroxga o‘xshash modda borligi fosh etildi.
Boshqa bir holatda esa Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro X.M. ning yashash manzili tekshirildi. Natijada yerto‘ladagi kiyim saqlanadigan javon ichidan hech qanday ruxsat hujjatlarisiz saqlanayotgan 1 dona ov quroli, taxminan 1 kg dan ortiq poroxga o‘xshash modda hamda qo‘lbola tarzda tayyorlangan 6 dona ov patronlari topildi. Ushbu buyumlar daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.
Hozirgi vaqtda aniqlangan holatlar yuzasidan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mutaxassislar noqonuniy qurol va portlovchi moddalar bilan bog‘liq har qanday holat jamoat xavfsizligi uchun katta xavf tug‘dirishini ta’kidlashmoqda. Bunday buyumlarning uy sharoitida saqlanishi portlash, yong‘in va og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, porox va qo‘lbola patronlar nazoratsiz qolsa, inson hayoti va atrofdagilar salomatligiga tahdid soladi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, ruxsatsiz qurol va portlovchi moddalarni saqlash, tayyorlash yoki tarqatish og‘ir jinoyat hisoblanadi. Shu bois huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan profilaktik tadbirlar muntazam ravishda kuchaytirib borilmoqda.
Fuqarolardan esa shubhali holatlar haqida o‘z vaqtida tegishli idoralarga xabar berish so‘raladi. Bu esa hududlarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga xizmat qiladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


