Jahon
Telegram asoschisi Durovdan keskin bayonot: Ispaniyada internet erkinligi xavf ostida
Pavel Durov Sanches rejalariga qarshi chiqdi: “Bu internetni senzura va to‘liq nazoratga olib keladi”
Pavel Durov, Telegram asoschisi, Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanchez ilgari surayotgan raqamli makonda xavfsizlikni kuchaytirish rejalarini keskin tanqid qildi. Durovning fikricha, hukumat taklif qilayotgan choralar foydalanuvchilarni himoya qilish bahonasida internet erkinliklarini cheklash, senzura va ommaviy kuzatuvga yo‘l ochadi.
Telegram foydalanuvchilariga yo‘llagan murojaatida Durov Madrid “xavfli qoidalar” tayyorlayotganini aytib, ular so‘z erkinligi va shaxsiy hayot daxlsizligiga jiddiy tahdid solishini ta’kidladi. Uning aytishicha, Sançes hukumatining dasturidagi birorta band bilan ham rozi bo‘lish mumkin emas.
Durov davlat “foydalanuvchilarni himoya qilish” niqobi ostida kuzatuv mexanizmlarini joriy etayotganini qayd etdi. “Telegram’da biz maxfiylik va erkinlikni ustuvor deb bilamiz: kuchli shifrlash, hech qanday yashirin kirish (bekdorlar) yo‘q va hokimiyat bosimiga qarshi turish”, — deya yozdi u.

Xususan, foydalanuvchilarning yoshini aniqlash uchun ma’lumot to‘plash talabi Durov fikricha, davlat senzurasiga olib kelishi mumkin. Sançes dasturining markaziy bandlaridan biri — 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni yopish. Ispaniya bosh vaziri buni shunday izohlagan edi:
“Bolalarimiz qaramlik, zo‘ravonlik, pornografiya va manipulyatsiyaga to‘la makonda yolg‘iz qoldi. Biz ularni raqamli Yovvoyi G‘arbdan himoya qilamiz”.
Rejaga ko‘ra, platformalar yoshni tekshirish tizimlarini joriy etishi va bolalar akkauntlarini o‘chirishi kerak bo‘ladi. Biroq kuzatuvchilar hozircha hukumat buni qanday amalga oshirishi aniq emasligini ta’kidlashmoqda.
Durov Sanches rejasining asosiy xavflarini ochiq sanab o‘tdi:
— yoshni tekshirish bahonasida ID yoki biometrik ma’lumotlar talab qilinishi, bu esa barcha foydalanuvchilarni identifikatsiya qilishga olib kelishi;
— platforma rahbarlariga “zararli” kontentni vaqtida o‘chirmaganlik uchun jinoiy javobgarlik yuklanishi, natijada haddan tashqari senzura paydo bo‘lishi;
— algoritmlar orqali “zararli” kontent tarqatishni jinoyatga tenglashtirish, bu esa davlatga qaysi fikrni ko‘rish mumkinligini belgilash imkonini berishi;
— “nafrat va qutblanish izlari”ni kuzatish talabi, tanqidni hukumatga qarshi chiqish sifatida baholash xavfi.
“Bu choralar himoya emas — bu to‘liq nazorat sari qadamlar”, — deydi Durov. Uning fikricha, bunday yondashuv avval ham kuzatilgan: hukumatlar “xavfsizlik” shiori ostida tanqidchilarni bosib kelgan.
Qonun loyihasi ustida ishlar kelasi haftadan boshlanishi rejalashtirilgan. Sançes platforma rahbarlari feyklar va zararli kontentni kuchaytirganlik uchun shaxsan javobgar bo‘lishini istamoqda.
Avvalroq Ilon Musk ham X platformasida Sançesni bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni yopish rejalari sabab “zolim va xalq xoini” deb atagan edi.
Durov va boshqa texnologik platformalar yetakchilari ogohlantirmoqda — agar bu tashabbuslar qabul qilinsa, Ispaniya raqamli erkinliklar bo‘yicha xavfli burilish nuqtasiga kelib qolishi mumkin.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


