O‘zbekiston
Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-polkovnik Bahodir Toshmatov nega Buxoroga keldi?
Davlatimiz rahbari raisligida joriy yil 27-yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Ushbu topshiriqlar ijrosi doirasida Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-polkovnik Bahodir Toshmatov kuni kecha Buxoro viloyatida manzilli o‘rganish ishlarini boshladi.
Dastlab viloyat hokimligida viloyat hokimi Botir Zaripov, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shahar hokimligi va hamkor tashkilotlar mas’ullari ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini mustahkamlash va mahallalarda tinch muhit yaratish masalalari muhokama qilindi.

Amaliy o‘rganishlar jinoyatchilik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan Buxoro shahridagi “Sadriddin Ayniy” mahallasida davom etdi. Tahlillar mahallada infratuzilma yetishmasligi, nazorat mexanizmlarining sustligi va profilaktika ishlarining tizimli yo‘lga qo‘yilmagani jinoyatchilikka sabab bo‘layotganini ko‘rsatdi.

O‘rganishlar davomida profilaktika inspektorlarining faoliyati, ularning aholi bilan ishlash imkoniyatlari va texnik ta’minoti alohida tahlil qilindi. Jinoyatchilikka qarshi kurashishda asosiy urg‘u jazoga emas, balki profilaktikaga qaratilishi lozimligi ta’kidlandi.
Mahallani qisqa muddatda raqamlashtirish masalasi ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Raqamlashtirish doirasida xavfli hududlar xaritasini shakllantirish, tahliliy ma’lumotlar asosida profilaktika ishlarini rejalashtirish ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, ko‘p qavatli uylar atrofi tungi yoritilishini yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Manzilli o‘rganishlar davomida Buxoro markaziy dehqon bozori ham ko‘zdan kechirildi. Savdogarlar bilan muloqot qilinib, savdo rastalaridan foydalanish, to‘lovlar va xizmatlar bo‘yicha shaffof tizimni ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ishlar viloyat ichki ishlar boshqarmasi huzurida tashkil etilgan “Tezkor boshqaruv markazi”da davom etdi. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan markaz 64 ta elektron bazani o‘zida birlashtirgan bo‘lib, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash hamda oldini olishga xizmat qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, aholi zichligi va transport harakati yuqori bo‘lgan Buxoro shahrida xavfsizlikni ta’minlash zamonaviy, raqamli va tizimli yondashuvlarni talab etadi. Belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida ijrosi esa mahallalar kesimida barqaror va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qiladi.

-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


