O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2027/2028-oʻquv yilidan boshlab o‘yinga asoslangan ta’lim joriy etiladi
Joriy yilning 5-fevral kuni Respublikasi Prezidentining“Maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 19-son Farmoni qabul qilindi. Unga koʻra:
➖ 1yillik maktabga tayyorlov guruhlarining taʼlim dasturi majburiy umumiy oʻrta taʼlimning dastlabki bosqichi sifatida kiritiladi;
➖ maktabgacha taʼlim tizimida oʻyinga asoslangan taʼlim joriy etiladi;
➖ tarkibida Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazini oʻz ichiga olgan “Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻi tashkil etiladi;
➖ bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarining taʼlim dasturlari maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumtaʼlim maktablari va boshqa ijtimoiy soha obyektlarida toʻliq yoki qisqa muddatli guruhlarda amalga oshiriladi;
➖ maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlariga bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarini tashkil etishga ruxsat beriladi;
2027/2028-oʻquv yilidan boshlab:
➖ maktabga tayyorlov guruhlarining taʼlim jarayonlari oliy maʼlumotli pedagoglar, shuningdek, oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi bosqich talabalari tomonidan olib boriladi;
➖ maktabga tayyorlov guruhlarida taʼlim-tarbiya olgan bolalarga bir yillik maktabga tayyorlovdan oʻtganlik toʻgʻrisida davlat namunasidagi elektron sertifikat beriladi hamda ushbu maʼlumotlar umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomada qayd etiladi;
2026–2028-yillarda:
➖ Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida bittadan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti sifatida faoliyat olib boruvchi “Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil etiladi;
➖ “Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbar, pedagog boshqa xodimlarining tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama joriy etiladi;
2026/2027-oʻquv yilidan boshlab:
➖ pedagogika oliy taʼlim tashkilotlarida maktabgacha va boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlarni tayyorlash xalqaro ilgʻor tajriba asosida amalga oshiriladi;
➖ tegishli oliy taʼlim tashkilotlarida oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlar uchun dual taʼlim shaklida maktabgacha taʼlim yoʻnalishida toʻlov-shartnoma asosida bakalavrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;
➖ yangi tashkil etilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga, birinchi navbatda, oliy maʼlumotli tarbiyachilar ishga qabul qilinadi;
➖ 2026-yil 1-aprel boshlab:
➖ maktabgacha taʼlim qamrovi 80 foizdan past boʻlgan tuman (shahar)lardagi (Toshkent shahri bundan mustasno) tadbirkorlik subyektlari uchun qator imtiyozlar joriy etiladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


