Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (09.02.2026)
2026-yilning 9-fevral, dushanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Kuningiz xayrli boshlanadi va kun davomida o‘zingizga xush yoquvchi amallarni bajarib, ruhan yengil tortishingiz mumkin.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Atrofdagilar bilan munosabatlaringizda ham quvnoqlik, xursandchilik ufurib turishi kutiladi. Ammo pul masalasida muammolar ko‘ndalang bo‘lishi mumkin.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Birdan bir necha ishni baravar uddalashga urinmang. Aks holda birontasini ham yakunlashga ulgurmay qolasiz. Kerak bo‘lsa, qora terga botgancha ishlang.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Moliyaviy muammolar ijobiy hal bo‘lishi kutilmoqda. Biroq ish ham ko‘p. Kechgacha tinim bilmay ishlashingizga to‘g‘ri keladi.
Arslon (24.07 — 23.08)
Kuningiz ancha og‘ir kechishi kutilmoqda. Sizga turli ko‘rinishdagi firib va ko‘ngilsiz vaziyatlar xavf solish arafasida turibdi.
Parizod (24.08 — 23.09)
Shaxsiy hayotda juftingiz bilan munosabatlarga oydinlik kiritib qo‘yishingiz talab etiladi. Bu masalada zinhor xatoga yo‘l qo‘ymang.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Kunning ikkinchi yarmida serqatnov yo‘llarda ehtiyot bo‘ling. Bugun uy oldi-sotdisi muvaffaqiyatli kechadi.
Chayon (24.10 — 22.11)
Kechqurun toza havoda sayr qiling. Mevalarni ko‘proq iste’mol qiling.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Ish joyingizda mustaqillik sari talpinmang. Rahbarlar fikri bilan hisoblashing. Agar biror ishda o‘zgarishlar yasash kerak bo‘lsa, rahbariyatning o‘zi bu ishni hal eta oladi.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Oilada yetakchilikka intilmang. Tinglovchi va kuzatuvchiga aylaning. Bolalarga ko‘proq e’tibor qarating. Ovqatlanish rejimiga amal qiling.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Obro‘yingiz saqlanib qolishini istasangiz, ishxonada har doimgi to‘g‘ri so‘zlilikni, halollikni yo‘qotmang.
Baliq (20.02 — 20.03)
Kun davomida sizni ajoyib uchrashuv kutadi. Uxlashga yotishdan oldin iloji boricha kamroq taom iste’mol qiling.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


