O‘zbekiston
Endilikda bog‘cha ochsangiz, tarbiyachilar maoshini davlat beradi, tarbiyalanuvchilar uchun xarajatlarning 50% ham qoplanadi
2026-yil 1-apreldan boshlab maktabgacha ta’lim qamrovi 80 foizdan past bo‘lgan tuman va shaharlarda (Toshkent shahri bundan mustasno) tadbirkorlar uchun yangi va keng qamrovli imtiyozlar joriy etiladi. Yangi tartib maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, xususiy sektorni faol jalb etish va bolalar qamrovini oshirishga qaratilgan.
Yangi qoidalarga ko‘ra, bog‘cha va maktablarning bo‘sh yer maydonlarida davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida bog‘chalar tashkil etishga ruxsat beriladi. Bunda maxsus bog‘chalar, maktablar va maktab-internatlar bundan mustasno etiladi. Ushbu yer maydonlarida DXSh asosida bog‘cha tashkil etgan tadbirkorlar 30 yil davomida ijara to‘lovidan ozod qilinadi. Belgilangan muddat yakunlangach, mazkur bog‘cha davlat balansiga topshiriladi.
Shuningdek, DXSh asosida faoliyat yuritayotgan bog‘chalarga har bir tarbiyalanuvchi uchun davlat bog‘chasida bir nafar bolaga sarflanadigan xarajatning 50 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi. Subsidiyalar elektron davomat tizimi asosida hisoblab beriladi. Bu tartib 2024 yildan boshlab qamrov darajasi 80 foizdan past hududlarda tashkil etilgan nodavlat bog‘chalarga ham tatbiq etiladi.
Yangi tartibning yana bir muhim yo‘nalishi — DXShdan tashqari joylarda nodavlat bog‘chalar qurilishini qo‘llab-quvvatlashdir. Xususan, quvvati kamida 150 o‘rinli nodavlat bog‘cha tashkil etuvchi tadbirkorlarga 7 yilgacha muddatga, Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada 5 milliard so‘mgacha kredit ajratiladi. Bunda bog‘cha 18 oy ichida qurib bitkazilishi shart.
Yer uchastkalari auksion orqali ajratiladi, hokimliklar esa har yili 1-aprelga qadar ajratiladigan yerlar ro‘yxatini e’lon qilib boradi. Nodavlat bog‘cha ish boshlaganidan so‘ng, tarbiyachilarning oylik ish haqi uch yil davomida davlat bog‘chalarida belgilangan miqdorda Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi. Bu ham elektron davomat tizimi asosida amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, qayd etilishicha, kredit va ish haqi bilan bog‘liq imtiyozlar DXSh asosida tashkil etiladigan bog‘chalarga tatbiq etilmaydi. Yangi mexanizmlar orqali hududlarda maktabgacha ta’lim qamrovini tez fursatda oshirish va xususiy tashabbuslarni rag‘batlantirish ko‘zda tutilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


