O‘zbekiston

“JEK”dan qarzdorlar uchun elektr to‘loviga cheklov joriy etiladi

photo
Foto: Hook.ru

Loading

2026-yil 1-iyuldan boshlab ko‘p kvartirali uylar bo‘yicha majburiy to‘lovlar tartibi o‘zgaradi. Prezidentning 5-fevraldagi qaroriga muvofiq, endilikda “kvartplata” bo‘yicha qarzdorlik elektr energiyasi uchun to‘lovlarga bevosita ta’sir qiladi.

Yangi tartibga ko‘ra, turar joy mulkdori ko‘p kvartirali uyning bank hisobvarag‘iga majburiy to‘lovni oyning 15-sanasiga qadar amalga oshirmasa, uning elektr energiyasi uchun to‘lovlari qarzdorlik to‘liq bartaraf etilmaguncha qabul qilinmaydi.

Shu bilan birga, ko‘p kvartirali uyning bank hisobvarag‘iga tushgan mablag‘lar har oy birinchi navbatda umumiy uy ehtiyojlari uchun yo‘naltiriladi. Jumladan, podyezdlar, zinapoyalar va yo‘laklarni yoritish, liftlarning ishlashi, uy atrofi yoritilishi, nasoslar hamda boshqa umumiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasi to‘lovlari ustuvor hisoblanadi.

Majburiy to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda, kechiktirilgan har 1 kun uchun penya hisoblanadi. Bunda:

  • yuridik shaxslar uchun — kuniga 0,4 foiz,
  • jismoniy shaxslar uchun — kuniga 0,1 foiz miqdorida jarima belgilanadi.

Penya summasi 1 oy davomida kechiktirilgan to‘lov miqdorining 50% dan oshmasligi lozim. Hisoblangan penya mablag‘lari teng ulushda ko‘p kvartirali uyning bank hisobvarag‘iga hamda “Mening uyim” axborot tizimini saqlash xarajatlarini qoplashga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, yangi tartibga ko‘ra, majburiy to‘lovlar faqat bank kartalari, elektron to‘lov tizimlari yoki bank kassalari orqali amalga oshiriladi. Bu esa to‘lovlar shaffofligini ta’minlash va qarzdorlikni kamaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.